QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ya-Sin surasi · Oyatсураси · Оят61

وَأَنِ ٱعْبُدُونِى ۚ هَـٰذَا صِرَٰطٌ مُّسْتَقِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Menga ibodat qiling, mana shu to`g`ri yo`ldir», deb amr qilmagan edimmi?!Ва Менга ибодат қилинг, мана шу тўғри йўлдир», деб амр қилмаган эдимми?!Alauddin Mansour: Mengagina ibodat qilinglar! Mana shu Toʻgʻri Yoʻldir», deb buyurmaganmidim?!Менгагина ибодат қилинглар! Мана шу Тўғри Йўлдир», деб буюрмаганмидим?!

444-sahifa · 23-juz · 45-hizb444-саҳифа · 23-жуз · 45-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَأَنِva debва дебٱعْبُدُونِى ۚMenga ibodat qilingМенга ибодат қилингهَـٰذَاmana shuмана шуصِرَٰطٌۭyoʻldirйўлдирمُّسْتَقِيمٌۭtoʻgʻriтўғри
TafsirТафсир

Oʻsha ajratilayotgan jinoyatchilarga–kofir va gunohkorlarga qarab Alloh taolo quyidagi itob soʻzlarni aytadi:

«Men sizlarga: «Ey, Odam bolalari, shaytonga ibodat qilmang...» deb amr qilmagan edimmi?!

Shaytonga ergashmang, deb aytmagan edimmi?! Aytgan edim. Ammo siz shaytonga ergashdingiz.

«...albatta, u sizga ochiq-oydin dushmandir», deb aytmagan edimmi?!

Aytgan edim. Mana, endi uning sizga ochiq dushmanligi ayon boʻldi. Unga ibodat qilib, holingiz voy boʻldi.

«Va Menga ibodat qiling, mana shu toʻgʻri yoʻldir», deb amr qilmagan edimmi?!

Qilgan edim. Ammo siz Menga ibodat qilmadingiz. Toʻgʻri yoʻlga yurmadingiz. Mana, oqibati nima boʻldi endi?!