QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ya-Sin surasi · Oyatсураси · Оят65

ٱلْيَوْمَ نَخْتِمُ عَلَىٰٓ أَفْوَٰهِهِمْ وَتُكَلِّمُنَآ أَيْدِيهِمْ وَتَشْهَدُ أَرْجُلُهُم بِمَا كَانُوا۟ يَكْسِبُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bugungi kunda ularning og`izlariga muhr uramiz. Nima kasb qilganlarini Bizga qo`llari so`zlar va oyoqlari guvohlik berur.Бугунги кунда уларнинг оғизларига муҳр урамиз. Нима касб қилганларини Бизга қўллари сўзлар ва оёқлари гувоҳлик берур.Alauddin Mansour: Bu kun Biz ularning ogʻizlarini muhrlab qoʻyurmiz. Va Bizga ularning qilib oʻtgan ishlari haqida — ularning qoʻllari soʻzlar va oyoqlari guvohlik berur.Бу кун Биз уларнинг оғизларини муҳрлаб қўюрмиз. Ва Бизга уларнинг қилиб ўтган ишлари ҳақида — уларнинг қўллари сўзлар ва оёқлари гувоҳлик берур.

444-sahifa · 23-juz · 45-hizb444-саҳифа · 23-жуз · 45-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱلْيَوْمَbugungi kundaбугунги кундаنَخْتِمُmuhr uramizмуҳр урамизعَلَىٰٓustigaустигаأَفْوَٰهِهِمْularning ogʻizlarigaуларнинг оғизларигаوَتُكَلِّمُنَآva Bizga soʻzlarва Бизга сўзларأَيْدِيهِمْularning qoʻllariуларнинг қўллариوَتَشْهَدُva guvohlik berurва гувоҳлик берурأَرْجُلُهُمularning oyoqlariуларнинг оёқлариبِمَاnimalarniнималарниكَانُوا۟edilarэдиларيَكْسِبُونَkasb qilibкасб қилиб
TafsirТафсир

Mazkur jinoyatchilarning jinoyatini isbot etish uchun talashib-tortishib oʻtirish shart emas. Boshqa guvoh olib kelishning ham hojati yoʻq. Yolgʻon gapirishni odat qilib olgan ogʻizlaridan turli gaplarni eshitib oʻtirishga ham birov muhtoj emas.

«Bugungi kunda ularning ogʻizlariga muhr uramiz.»

Yaxshisi, ularning ogʻizlari muhrlab qoʻyiladi. Soʻng boshqa aʼzolari shohidlik bera boshlaydi.

«Nima kasb qilganlarini Bizga qoʻllari soʻzlar va oyoqlari guvohlik berur.»

Har bir kofirning bu dunyoda nima ishlar qilganini uning oʻz qoʻli gapiradi, oyogʻi guvohlik beradi.

Imom Muslim, imom Nasaiy va ibn Abu Hotim Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi sharifda u zot roziyallohu anhu quyidagilarni aytadilar: «Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida edik. Ul zot kuldilar. Tishlari koʻrinib ketdi. Soʻngra:

«Nimadan kulayotganimni bildingizmi?»–dedilar. Biz:

«Alloh va Uning Rasuli bilguvchidirlar», dedik. Ul zot sollallohu alayhi vasallam:

«Qiyomat kuni bandaning Robbi ila tortishuvidan. U:

«Ey Robbim, meni zulmdan saqlamaganmisan?»–deydi. Bas, U zot jalla jalaluhu: «Ore», deydi. Banda:

«Men oʻzimga qarshi faqat oʻzimdan boʻlgan guvohnigina qabul qilaman», deydi. U zot jalla jalaluhu:

«Bugungi kunda ziddingga oʻz joning yetarli hisobchidir. Kiromun kotibiyn (yozuvchi farishtalar) guvohlikka yetarlidir», deydi. Bas, ogʻziga muhr uriladi. Aʼzolariga:

«Gapir», deyiladi. Ular uning amallarini gapiradilar. Soʻngra unga gapirish imkoni beriladi. U:

«Yoʻqolinglar! Halokatga uchranglar! Sizlarni deb harakat qilgan edim!»–deydi».

Imom Muslim va imom Abu Dovud Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan uzun hadisda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam, jumladan bunday deganlar: «Soʻngra uchinchiga roʻbaroʻ keladi va:

«Sen nima deysan?!»–deydi. U:

«Men Sening bandangman. Senga, Paygʻambaringga, kitobingga iymon keltirdim. Roʻza tutdim. Namoz oʻqidim. Sadaqa berdim», deb iloji boricha maqtov soʻzlarni aytadi. Unga:

«Ziddingga guvohimizni yuboraylikmi?!»–deyiladi. U ichida oʻziga qarshi kim guvohlik berishi mumkinligini oʻylab turganida, ogʻziga muhr uriladi. Soʻngra soniga: «Sen gapir», deyiladi. Bas, soni, goʻshti va suyagi nima amal qilganini gapiradi. Ana shu munofiq odamdir. Bu ish uning uzri oʻzi bilan boʻlsin deb qilinadi. Ana shu odam Allohning gʻazabiga uchraydigan odam».

Imom ibn Jarir at-Tobariy Abu Muso al-Ashʼariy roziyallohu anhudan keltirgan rivoyatda shunday deyiladi:

«Qiyomat kuni moʻmin kishi hisob-kitobga chaqiriladi. Robbi unga amallarini oʻzaro ikkovlari biladigan qilib arz qiladi. U eʼtirof etadi: «Ha, Robbim, qiluvdim, qiluvdim, qiluvdim», deydi. Bas, Alloh uning gunohlarini magʻfirat qiladi va berkitadi. Yer yuzidagi biror maxluq u gunohkorlardan hech narsani koʻrmaydi. Yaxshiliklari esa, koʻrinadi. U, odamlar hammalari koʻrsalar edi, deb orzu qiladi.

Kofir va munofiq ham hisob-kitobga chaqiriladi. Robbi unga qilgan amallarini arz qiladi. U inkor etadi va:

«Ey Robbim, sening izzating ila qasamki, farishta men qilmagan ishni menga yozib qoʻyibdi», deydi. Farishta unga:

«Falon kuni, falon joyda shundoq qilmagan edingmi?!»–deydi. U:

«Yoʻq! Izzating ila qasamki, ey Robbim, men buni qilganim yoʻq», deydi. Shundan soʻng Alloh taolo uning ogʻziga muhr soladi. Menimcha, eng avval uning oʻng soni gapiradi», deb turib Abu Muso al-Ashʼariy roziyallohu anhu: «Bugungi kunda ularning ogʻizlariga muhr uramiz...» oyatini tilovat qildilar».