وَلَوْ نَشَآءُ لَطَمَسْنَا عَلَىٰٓ أَعْيُنِهِمْ فَٱسْتَبَقُوا۟ ٱلصِّرَٰطَ فَأَنَّىٰ يُبْصِرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar xohlasak, ko`zlarini tep-tekis qilib qo`yurmiz. Bas, ular yo`lga shoshilurlar. Ammo, qanday ham ko`rsinlar.Агар хоҳласак, кўзларини теп-текис қилиб қўюрмиз. Бас, улар йўлга шошилурлар. Аммо, қандай ҳам кўрсинлар.Alauddin Mansour: Agar Biz xohlasak, ularning koʻzlarini yoʻq qilgan boʻlur edik. Ana u holda ular yoʻllariga shoshardilar-u, (lekin) qayoqdan koʻra olsinlar.Агар Биз хоҳласак, уларнинг кўзларини йўқ қилган бўлур эдик. Ана у ҳолда улар йўлларига шошардилар-у, (лекин) қаёқдан кўра олсинлар.
Allohning irodasi bilan oʻsha jinoyatchilarning koʻzlari yoʻq qilinib, oʻrni ham qoʻyilmay tekislab yuborilsa bormi, nima boʻladi? Ular yoʻlga yurmoqchi boʻlib shoshilishadi, bir-birlariga turtinib, oldinga intilishadi, ammo koʻrmaganlari uchun hech qayoqqa bora olishmaydi. Bu hol ularning ogʻizlariga muhr urib, sharmanda qilishning ustiga yana bir sharmandalikdir. Mahsharda barcha xaloyiqning oldida gunohlari ochilib, aʼzolari oʻzlariga qarshi guvohlik berib, tillariga muhr urilib turgan bir paytda koʻzlarining ham tekislab qoʻyilishi, hech narsani koʻra olmay, oʻzlarini har tomonga urishlari xoru zorlikning eng choʻqqisidir. Ammo ularni xorlash hali tugagani yoʻq.