وَلَوْ نَشَآءُ لَمَسَخْنَـٰهُمْ عَلَىٰ مَكَانَتِهِمْ فَمَا ٱسْتَطَـٰعُوا۟ مُضِيًّا وَلَا يَرْجِعُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar xohlasak, ularni joylarida qotirib qo`yurmiz. Bas, oldinga yurishga ham qodir bo`lmaslar, ortga ham qayta olmaslar.Агар хоҳласак, уларни жойларида қотириб қўюрмиз. Бас, олдинга юришга ҳам қодир бўлмаслар, ортга ҳам қайта олмаслар.Alauddin Mansour: Agar Biz xohlasak, ularni turgan joylarida (maymun, toʻngʻiz yoki tosh kabi) boshqa narsalarga aylantirib qoʻygan boʻlur edik. Soʻng ular (oldinga) yurishga ham qodir emaslar, (ortlariga ham) qayta olmaslar.Агар Биз хоҳласак, уларни турган жойларида (маймун, тўнғиз ёки тош каби) бошқа нарсаларга айлантириб қўйган бўлур эдик. Сўнг улар (олдинга) юришга ҳам қодир эмаслар, (ортларига ҳам) қайта олмаслар.
Kofir va osiylarning joylarida qoʻgʻirchoqqa oʻxshatib qotirib qoʻyilishlari ham katta xorlikdir. Ular turgan joylarida qotib qoladilar. Oldinga ham yura olmaydilar. Ortga ham qayta olmaydilar.
Qolaversa, kofirlarning bu dunyoda uzoq qolishlari ham xoru zorlikdir.