قُلْ يُحْيِيهَا ٱلَّذِىٓ أَنشَأَهَآ أَوَّلَ مَرَّةٍ ۖ وَهُوَ بِكُلِّ خَلْقٍ عَلِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Ularni ilk marta yo`qdan bor qilgan Zot tiriltiradi va u har bir yaratilgan narsani yaxshi bilguvchidir», deb ayt.Сен: «Уларни илк марта йўқдан бор қилган Зот тирилтиради ва у ҳар бир яратилган нарсани яхши билгувчидир», деб айт.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «U (chirigan suyak)larni dastlab (bir tomchi suv)dan paydo qilgan Zotning Oʻzi qayta tiriltirur. U (Oʻzi yaratgan) barcha xalqni bilguvchidir».(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг: «У (чириган суяк)ларни дастлаб (бир томчи сув)дан пайдо қилган Зотнинг Ўзи қайта тирилтирур. У (Ўзи яратган) барча халқни билгувчидир».
Kofirning, suyaklarni kim tiriltiradi, degan savoliga nima deb javob berishni Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga Allohning Oʻzi oʻrgatmoqda. Ey Paygʻambar:
«Sen: «Ularni ilk marta yoʻqdan bor qilgan Zot tiriltiradi...» degin.
Yoʻqdan bor qilgan zot uchun borni qayta tiriltirish juda ham osondir. Uni qanday amalga oshirishni Alloh taoloning Oʻzi biladi.
«...u har bir yaratilgan narsani yaxshi bilguvchidir», deb ayt.»
Har bir maxluqning har bir xususiyatini ham yaxshi biladi. Shuning uchun, ularning har birini xuddi oʻzidek qilib, hatto barmoq uchlarini ham oʻz holiga qaytarib tiriltiradi. U zot har narsaga qodirdir.