ٱلَّذِى جَعَلَ لَكُم مِّنَ ٱلشَّجَرِ ٱلْأَخْضَرِ نَارًا فَإِذَآ أَنتُم مِّنْهُ تُوقِدُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U zot sizlarga yashil daraxtdan olov qilib bergandir. Endi esa, siz undan olov yoqmoqdasiz.У зот сизларга яшил дарахтдан олов қилиб бергандир. Энди эса, сиз ундан олов ёқмоқдасиз.Alauddin Mansour: U sizlar uchun yam-yashil daraxtdan olov paydo qilgan Zotdir. Bas, sizlar oʻshandan oʻt yoqursizlar.У сизлар учун ям-яшил дарахтдан олов пайдо қилган Зотдир. Бас, сизлар ўшандан ўт ёқурсизлар.
U zot shunday qudratli zotki, baʼzi narsalarni oʻziga qarama- qarshi tomondan ham chiqaraveradi. Misol uchun, yam-yashil daraxtni olaylik. U hoʻl boʻladi. Tarkibida suv bor. Suv esa, olovni oʻchiradi. Ammo Alloh taolo olovga ters boʻlmish hoʻl daraxtni bir-biriga ishqasa oʻt chiqaradigan holga keltirib qoʻygandir. Olovga yoqilgʻini ham oʻsha daraxtning oʻzidan qilib qoʻygandir. Bu ulkan bir moʻʼjizaga odamlar eʼtibor bermaydilar. Agar eʼtibor bersalar, Alloh taoloning biru borligiga, har bir ishga, jumladan, oʻliklarni qayta tiriltirishga ham qodir ekaniga ochiq- oydin dalilni koʻrar edilar.