إِلَّا مَنْ خَطِفَ ٱلْخَطْفَةَ فَأَتْبَعَهُۥ شِهَابٌ ثَاقِبٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Magar birorta so`zni o`g`rilikcha tinglagan shaxs bo`lsa, uni yoquvchi olov ta'qib etar.Магар бирорта сўзни ўғриликча тинглаган шахс бўлса, уни ёқувчи олов таъқиб этар.Alauddin Mansour: Magar biron marta (biron soʻzni) ilib olgan kimsa (yaʼni, jin) boʻlsa, uni ham uchar yulduz quvib yetar (va halok etar).Магар бирон марта (бирон сўзни) илиб олган кимса (яъни, жин) бўлса, уни ҳам учар юлдуз қувиб етар (ва ҳалок этар).
Mabodo, jinlardan birortasi osmonlardagi yuksak toʻpliqqa– farishtalar jamoasiga oʻgʻrilikcha quloq tutib biror soʻzni eshitib qolsa, uning ortidan olov tushadi va uni yondirib yuboradi. Bu oyatlar mushriklarning, jinlar osmonga chiqib Alloh bilan farishtalar orasidagi hamda farishtalarning oʻzaro gaplarini eshitib, yerda oʻzlari tobeʼ qilib olgan odamlarga yetkazadilar, shu yoʻl ila folbin va kohinlar jinlar yordamida gʻoyibdan xabardor boʻladilar, degan eʼtiqodlari buzuq ekanini fosh qiladi. Mana shu buzuq eʼtiqod asosida arab mushriklari folbin va kohinlarga ishonishar, ularni ulugʻlashar va hatto baʼzilari jinlarga sigʻinishar edi.
Yuqoridagi oyatlarda farishtalar, osmonlaru yer, ularning oralaridagi narsalar, yulduzlar va shaytonlar zikr etilgan boʻlsa, keyingi oyatlarda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam mushriklardan ularning oʻzlarini yaratish qiyinmi yoki mazkur narsalarni yaratish qiyinmi ekanligi haqida soʻrashga buyuriladilar.
Ey Paygʻambar: