وَبَـٰرَكْنَا عَلَيْهِ وَعَلَىٰٓ إِسْحَـٰقَ ۚ وَمِن ذُرِّيَّتِهِمَا مُحْسِنٌ وَظَالِمٌ لِّنَفْسِهِۦ مُبِينٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va unga ham, Is'hoqqa ham baraka berdik. Ikkovlarining zurriyotidan go`zal amal qilguvchi ham, o`ziga ochiq-oydin zulm qilguvchi ham bo`lur.Ва унга ҳам, Исҳоққа ҳам барака бердик. Икковларининг зурриётидан гўзал амал қилгувчи ҳам, ўзига очиқ-ойдин зулм қилгувчи ҳам бўлур.Alauddin Mansour: Va (Ibrohimga) ham, Ishoqqa ham (dinu dunyolarida) barakot berdik. Ularning zurriyotidan chiroyli amal qilguvchi ham, oʻz joniga ochiq jabr qilguvchi ham boʻlur.Ва (Иброҳимга) ҳам, Исҳоққа ҳам (дину дунёларида) баракот бердик. Уларнинг зурриётидан чиройли амал қилгувчи ҳам, ўз жонига очиқ жабр қилгувчи ҳам бўлур.
Yaʼni, Ibrohimga ham, Ishoqqa ham baraka berdik. Ularning naslidan Paygʻambarlar chiqadigan qilib qoʻydik. Baraka shundan iborat. Ikkovlarining zurriyotidan kim oʻsha Paygʻambarlarga ergashsa, goʻzal ish qilgan boʻladi. Qaysi biri ergashmasa, oʻziga oʻzi ochiq-oydin zulm qilgan boʻladi.
Shu yerga kelganda bu qissa ham tugab, Muso alayhissalom bilan Horun alayhissalom qissalari boshlanadi.