بَلْ عَجِبْتَ وَيَسْخَرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Balki sen ajablanding, ular esa masxara qilurlar.Балки сен ажабландинг, улар эса масхара қилурлар.Alauddin Mansour: Balki siz (ularning qayta tirilishini inkor qilayotganlaridan) taajjubdadirsiz, (ammo) ular (sizning Oxirat hayoti haqidagi soʻzlaringizni) masxara qilurlar.Балки сиз (уларнинг қайта тирилишини инкор қилаётганларидан) таажжубдадирсиз, (аммо) улар (сизнинг Охират ҳаёти ҳақидаги сўзларингизни) масхара қилурлар.
Albatta, Alloh taoloning qudratiga, yagonaligiga, yaratuvchiligi va tadbirkorligiga son-sanoqsiz dalillarni koʻrsa ham iymonga kelmagan, Allohning aytgan yoʻlidan yurmayotgan kofirlarni, mushriklarni, osiylarni koʻrib har qanday aqlli odam ham ajablanadi. Oddiy narsaga aqllari yetmayotganiga hayratlanadi. Qanday qilib Muhammad sollallohu alayhi vasallam ajablanmasinlar!
«Balki sen ajablanding...»
Ularning qilmishlaridan ajablanishing turgan gap edi. Shunday boʻldi ham. Sen ajablanding.
«...ular esa masxara qilurlar.»
Ular Allohning biru borligini, yaratuvchiligi va mudabbirligini koʻrsatuvchi ochiq-oydin dalillarni, oyat-belgilarni masxara qiladilar.