إِذْ قَالَ لِقَوْمِهِۦٓ أَلَا تَتَّقُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`shanda u qavmiga: «Taqvo qilmaysizmi?!Ўшанда у қавмига: «Тақво қилмайсизми?!Alauddin Mansour: Eslang, u oʻz qavmiga degan edi: «(Allohdan) qoʻrqmaysizlarmi?!»Эсланг, у ўз қавмига деган эди: «(Аллоҳдан) қўрқмайсизларми?!»
Alloh tomonidan Paygʻambar qilib yuborilgan Ilyos alayhissalom, boshqa Paygʻambarlar kabi, qavmlarini taqvoga, Allohning ibodatiga chaqirdilar.
«Oʻshanda u qavmiga: «Taqvo qilmaysizmi?!»–dedi.
Ilyos alayhissalom qavmlarini taqvodor boʻlishga chaqirdilar. Shuningdek, qavmlarining Allohga shirk keltirib, «Baʼl» nomli sanamga sigʻinishlarini inkor etdilar:
«Baʼlga ibodat qilib, yaratuvchilarning eng yaxshisini, oʻz Robbingizni va avvalgi ota-bobolaringining Robbi Allohni tark etasizmi?!» – dedi».
Ularni Allohning ibodatini tark etmaslikka, Unga shirk keltirmaslikka chaqirdilar. Lekin qavmlari bu chaqiriqlarga quloq osmadi.