أَتَدْعُونَ بَعْلًا وَتَذَرُونَ أَحْسَنَ ٱلْخَـٰلِقِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ba'lga ibodat qilib, yaratuvchilarning eng yaxshisini...Баълга ибодат қилиб, яратувчиларнинг энг яхшисини...Alauddin Mansour: Sizlar Baʼl (nomli oltindan yasalgan but)ga sigʻinib, eng goʻzal-afzal Yaratguvchi Allohni tark qilurmisizlar?!Сизлар Баъл (номли олтиндан ясалган бут)га сиғиниб, энг гўзал-афзал Яратгувчи Аллоҳни тарк қилурмисизлар?!
Alloh tomonidan Paygʻambar qilib yuborilgan Ilyos alayhissalom, boshqa Paygʻambarlar kabi, qavmlarini taqvoga, Allohning ibodatiga chaqirdilar.
«Oʻshanda u qavmiga: «Taqvo qilmaysizmi?!»–dedi.
Ilyos alayhissalom qavmlarini taqvodor boʻlishga chaqirdilar. Shuningdek, qavmlarining Allohga shirk keltirib, «Baʼl» nomli sanamga sigʻinishlarini inkor etdilar:
«Baʼlga ibodat qilib, yaratuvchilarning eng yaxshisini, oʻz Robbingizni va avvalgi ota-bobolaringining Robbi Allohni tark etasizmi?!» – dedi».
Ularni Allohning ibodatini tark etmaslikka, Unga shirk keltirmaslikka chaqirdilar. Lekin qavmlari bu chaqiriqlarga quloq osmadi.