ٱللَّهَ رَبَّكُمْ وَرَبَّ ءَابَآئِكُمُ ٱلْأَوَّلِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`z Robbingizni va avvalgi ota-bobolaringizning Robbi Allohni tark etasizmi?!» – dedi.Ўз Роббингизни ва аввалги ота-боболарингизнинг Робби Аллоҳни тарк этасизми?!» – деди.Alauddin Mansour: Sizlarning ham, avvalgi ota-bobolaringizning ham Parvardigorini (tark qilurmisizlar?!)»Сизларнинг ҳам, аввалги ота-боболарингизнинг ҳам Парвардигорини (тарк қилурмисизлар?!)»
Alloh tomonidan Paygʻambar qilib yuborilgan Ilyos alayhissalom, boshqa Paygʻambarlar kabi, qavmlarini taqvoga, Allohning ibodatiga chaqirdilar.
«Oʻshanda u qavmiga: «Taqvo qilmaysizmi?!»–dedi.
Ilyos alayhissalom qavmlarini taqvodor boʻlishga chaqirdilar. Shuningdek, qavmlarining Allohga shirk keltirib, «Baʼl» nomli sanamga sigʻinishlarini inkor etdilar:
«Baʼlga ibodat qilib, yaratuvchilarning eng yaxshisini, oʻz Robbingizni va avvalgi ota-bobolaringining Robbi Allohni tark etasizmi?!» – dedi».
Ularni Allohning ibodatini tark etmaslikka, Unga shirk keltirmaslikka chaqirdilar. Lekin qavmlari bu chaqiriqlarga quloq osmadi.