فَـَٔامَنُوا۟ فَمَتَّعْنَـٰهُمْ إِلَىٰ حِينٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, iymon keltirdilar. Keyin Biz ularni ma'lum muddat bahramand qildik.Бас, иймон келтирдилар. Кейин Биз уларни маълум муддат баҳраманд қилдик.Alauddin Mansour: Bas, ular (Yunusga) iymon keltirdilar. Soʻng Biz ularni (maʼlum) bir muddatgacha (yaʼni, ajallari bitguncha hayot neʼmatidan) bahramand etdik.Бас, улар (Юнусга) иймон келтирдилар. Сўнг Биз уларни (маълум) бир муддатгача (яъни, ажаллари битгунча ҳаёт неъматидан) баҳраманд этдик.
Qissaning toʻliq bayoni «Anbiyo» surasida kelgan. Yunus alayhissalomning qavmi Allohning azobi alomatlarini koʻrganlaridan keyin sogʻ qolgan yagona qavmdir. Chunki, ular chin ixlos bilan qattiq tavba qilganlar. Goʻdak bolalarni, hayvonlarning bolalarini ham onalaridan ajratib qoʻyib, astoydil tazarruʼ ila tavba etganlaridan soʻng, Alloh taolo ularga kelgan azobni ketkazdi.
Shu bilan kofir va mushriklar uchun ibrat boʻlmish oʻtgan ummatlar va ularning Paygʻambarlari haqidagi qissalar nihoyasiga yetadi.
Endi keladigan oyatlarda Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga mushriklar bilan qissalar xulosasi yuzasidan oʻzlarini oʻnglashga chorlovchi suhbat oʻtkazish topshiriladi. Bunda mushriklar ichida keng tarqalgan, ularning onglariga oʻrnashib qolgan bir necha masalalar munoqasha qilinadi. Ey Paygʻambar: