فَٱسْتَفْتِهِمْ أَلِرَبِّكَ ٱلْبَنَاتُ وَلَهُمُ ٱلْبَنُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, ulardan so`ra-chi, Robbingga qizlar-u, ularga o`g`illar ekanmi?!Бас, улардан сўра-чи, Роббингга қизлар-у, уларга ўғиллар эканми?!Alauddin Mansour: Endi (ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, Makka kofirlaridan) soʻrang-chi, qizlar Parvardigoringizniki-yu, oʻgʻillar ularnikimikan. (Yaʼni, ularning gumonicha, farishtalar Allohning qizlari emish).Энди (эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, Макка кофирларидан) сўранг-чи, қизлар Парвардигорингизники-ю, ўғиллар уларникимикан. (Яъни, уларнинг гумонича, фаришталар Аллоҳнинг қизлари эмиш).
Bu oyatda arab mushriklarining, farishtalar Allohning qizlaridir, degan eʼtiqodlariga inkor kelyapti. Mushriklar orasida shu eʼtiqod keng tarqalgan edi. Ikkinchi tomondan, ular qizlarni yoqtirishmas edi. Baʼzilari qiz boladan or qilib, uni tiriklayin koʻmib yuborar edi. Qiz farzand koʻrishsa, ular qattiq xafa boʻlishardi. Qizlarga meros berishmasdi. Umuman, qiz bola, ayol zoti ularning eʼtiqodiga koʻra odam sanalmas, balki yomonlik, omadsizlik ramzi hisoblanar edi.
Shu bilan birga, ular, Allohning farishtalardan qizi bor, deyishar edi. Oʻzlari yomon koʻrgan narsani Alloh taologa ravo koʻrishardi. Bu yerda mushriklarning biryoʻla ikkita katta xatolari bor. Birinchisi, farishtalarni qiz-ayol tarzida sifatlash. Holbuki, farishtalar Alloh taoloning maxsus xalqi boʻlib, ularda ayollik yoki erkaklik sifati yoʻq. Ularga oʻzicha ayollik sifatini berish katta gunoh va beodoblikdir. Ikkinchisi esa, Allohning farishtalardan qizi bor, deyish. Bunisi eng katta zulm va shirk boʻladi. Shuning uchun ham, oyatda ularning bu qilmishlari inkor etilmoqda.
«Bas, ulardan soʻra-chi, Robbingga qizlar-u, ularga oʻgʻillar ekanmi?!»
Oʻzlari oʻgʻilarni oladilar-u, maloikalar Allohning qizlari, deb ularni Allohga beradilarmi? Farishtalarning qiz ekanliklarini qayerdan bilibdilar?!