وَقَالُوٓا۟ إِنْ هَـٰذَآ إِلَّا سِحْرٌ مُّبِينٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Bu (Qur'on) ochiq-oydin sehrdan boshqa narsa emas.Улар: «Бу (Қуръон) очиқ-ойдин сеҳрдан бошқа нарса эмас.Alauddin Mansour: Va derlar: «Bu faqat ochiq-ravshan sehrdir.Ва дерлар: «Бу фақат очиқ-равшан сеҳрдир.
Kofir va mushriklar Allohning kalomi boʻlmish Qurʼoni Karimni, botil va dajjoliyotdan iborat sehr, deb atadilar. Ha,
Ular: «Bu (Qurʼon) ochiq-oydin sehrdan boshqa narsa emas», dedilar.
Bu gap juda yomon masxaradir. Bu narsa Allohga va Uning kalomiga nisbatan oʻtaketgan beodoblikdir.
Yana kofir va mushriklarning masxaralaridan biri shuki, ular qiyomat qoim boʻlishini, qayta tirilishni inkor etib:
«Oʻlsak-da, tuproq va suyak boʻlsak-da, albatta, biz qayta tiriltirilurmizmi?!»–deydilar.
Ul nobakorlar qayta tirilishning boʻlmasligiga ota-bobolarining qayta tirilmayotganini dalil qilmoqchi boʻlib:
«Avvalgi ota-bobolarimiz ham-a?!» – dedilar».
Ular qanchadan-qancha maxluqotlarni yoʻqdan bor qilgan Zot ularni va ota-bobolarini oʻlib-chirib, tuproqqa qoʻshilib ketganlaridan keyin qayta tiriltira olishiga shubha qilmoqdalar. Ishonmayaptilar. Ey Paygʻambar: