QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
As-Saffat surasi · Oyatсураси · Оят16

أَءِذَا مِتْنَا وَكُنَّا تُرَابًا وَعِظَـٰمًا أَءِنَّا لَمَبْعُوثُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`lsak-da, tuproq va suyak bo`lsak-da, albatta, biz qayta tiriltirilurmizmi?!Ўлсак-да, тупроқ ва суяк бўлсак-да, албатта, биз қайта тирилтирилурмизми?!Alauddin Mansour: Bizlar oʻlib tuproq va suyaklarga aylanib ketgan chogʻimizda rostdan ham yana qayta tirilguvchi ekanmizmi?!Бизлар ўлиб тупроқ ва суякларга айланиб кетган чоғимизда ростдан ҳам яна қайта тирилгувчи эканмизми?!

446-sahifa · 23-juz · 45-hizb446-саҳифа · 23-жуз · 45-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَءِذَاaxir qachonkiахир қачонкиمِتْنَاoʻlsakўлсакوَكُنَّاva boʻlsakва бўлсакتُرَابًۭاtuproqтупроқوَعِظَـٰمًاva suyakва суякأَءِنَّاalbatta, bizmiалбатта, бизмиلَمَبْعُوثُونَqayta tiriltirilurmizқайта тирилтирилурмиз
TafsirТафсир

Kofir va mushriklar Allohning kalomi boʻlmish Qurʼoni Karimni, botil va dajjoliyotdan iborat sehr, deb atadilar. Ha,

Ular: «Bu (Qurʼon) ochiq-oydin sehrdan boshqa narsa emas», dedilar.

Bu gap juda yomon masxaradir. Bu narsa Allohga va Uning kalomiga nisbatan oʻtaketgan beodoblikdir.

Yana kofir va mushriklarning masxaralaridan biri shuki, ular qiyomat qoim boʻlishini, qayta tirilishni inkor etib:

«Oʻlsak-da, tuproq va suyak boʻlsak-da, albatta, biz qayta tiriltirilurmizmi?!»–deydilar.

Ul nobakorlar qayta tirilishning boʻlmasligiga ota-bobolarining qayta tirilmayotganini dalil qilmoqchi boʻlib:

«Avvalgi ota-bobolarimiz ham-a?!» – dedilar».

Ular qanchadan-qancha maxluqotlarni yoʻqdan bor qilgan Zot ularni va ota-bobolarini oʻlib-chirib, tuproqqa qoʻshilib ketganlaridan keyin qayta tiriltira olishiga shubha qilmoqdalar. Ishonmayaptilar. Ey Paygʻambar: