أَوَءَابَآؤُنَا ٱلْأَوَّلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Avvalgi ota-bobolarimiz ham-a?!» – dedilar.Аввалги ота-боболаримиз ҳам-а?!» – дедилар.Alauddin Mansour: Avval oʻtib ketgan ota-bobolarimiz ham-a?! »Аввал ўтиб кетган ота-боболаримиз ҳам-а?! »
Kofir va mushriklar Allohning kalomi boʻlmish Qurʼoni Karimni, botil va dajjoliyotdan iborat sehr, deb atadilar. Ha,
Ular: «Bu (Qurʼon) ochiq-oydin sehrdan boshqa narsa emas», dedilar.
Bu gap juda yomon masxaradir. Bu narsa Allohga va Uning kalomiga nisbatan oʻtaketgan beodoblikdir.
Yana kofir va mushriklarning masxaralaridan biri shuki, ular qiyomat qoim boʻlishini, qayta tirilishni inkor etib:
«Oʻlsak-da, tuproq va suyak boʻlsak-da, albatta, biz qayta tiriltirilurmizmi?!»–deydilar.
Ul nobakorlar qayta tirilishning boʻlmasligiga ota-bobolarining qayta tirilmayotganini dalil qilmoqchi boʻlib:
«Avvalgi ota-bobolarimiz ham-a?!» – dedilar».
Ular qanchadan-qancha maxluqotlarni yoʻqdan bor qilgan Zot ularni va ota-bobolarini oʻlib-chirib, tuproqqa qoʻshilib ketganlaridan keyin qayta tiriltira olishiga shubha qilmoqdalar. Ishonmayaptilar. Ey Paygʻambar: