لَوْ أَنَّ عِندَنَا ذِكْرًا مِّنَ ٱلْأَوَّلِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Agar bizning huzurimizda ham avvalgilardan bir eslatma bo`lganida...«Агар бизнинг ҳузуримизда ҳам аввалгилардан бир эслатма бўлганида...Alauddin Mansour: «Agar bizning oldimizda ham avvalgilar(ning kitoblari)dan biron eslatma — Kitob boʻlsa edi,«Агар бизнинг олдимизда ҳам аввалгилар(нинг китоблари)дан бирон эслатма — Китоб бўлса эди,
Qurʼoni Karim kelishidan oldin mushriklar ahli kitoblarni malomat qilishar, ahli kitob boʻla turib, tuzukroq boʻlmaganlarini tanqid qilishar edi. Oʻzlaridagi nuqsonlarga esa, huzurlarida ilohiy kitob yoʻqligini roʻkach etishar edi. Shu bilan birga, agar bizga avvalgi oʻtganlardan eslatma boʻlib bir kitob kelsa, albatta, Allohning muxlis bandalaridan boʻlar edik, deb aytishar edi.
Mana, oʻzlari orzulagan oʻsha eslatma kitob–Qurʼoni Karim nozil ham boʻldi.