لَكُنَّا عِبَادَ ٱللَّهِ ٱلْمُخْلَصِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Allohning ixlosli bandalaridan bo`lar edik».Албатта, Аллоҳнинг ихлосли бандаларидан бўлар эдик».Alauddin Mansour: Albatta bizlar ham Allohning pokiza bandalari boʻlur edik».Албатта бизлар ҳам Аллоҳнинг покиза бандалари бўлур эдик».
Qurʼoni Karim kelishidan oldin mushriklar ahli kitoblarni malomat qilishar, ahli kitob boʻla turib, tuzukroq boʻlmaganlarini tanqid qilishar edi. Oʻzlaridagi nuqsonlarga esa, huzurlarida ilohiy kitob yoʻqligini roʻkach etishar edi. Shu bilan birga, agar bizga avvalgi oʻtganlardan eslatma boʻlib bir kitob kelsa, albatta, Allohning muxlis bandalaridan boʻlar edik, deb aytishar edi.
Mana, oʻzlari orzulagan oʻsha eslatma kitob–Qurʼoni Karim nozil ham boʻldi.