۞ ٱحْشُرُوا۟ ٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ وَأَزْوَٰجَهُمْ وَمَا كَانُوا۟ يَعْبُدُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Zulm qilganlarni, ularning juftlarini va ular ibodat qilib yurgan...Зулм қилганларни, уларнинг жуфтларини ва улар ибодат қилиб юрган...Alauddin Mansour: (Ey farishtalar, sizlar) zolim-kofir boʻlgan kimsalar va ularning hamtovoqlarini hamda ular ibodat qilib oʻtgan narsalarini toʻplanglar!(Эй фаришталар, сизлар) золим-кофир бўлган кимсалар ва уларнинг ҳамтовоқларини ҳамда улар ибодат қилиб ўтган нарсаларини тўпланглар!
Ey farishtalar, shirk keltirish ila zulm qilganlarni (Allohga shirk keltirish eng katta zulm) ularning juftlarini– xotinlari va hammaslaklarini hamda Allohdan oʻzga sigʻinib yurgan soxta xudolarini hashr maydonida bir joyga toʻplanglar. Ha,
«Zulm qilganlarni, ularning juftlarini va ular ibodat qilib yurgan, Allohdan oʻzga narsalarini toʻplanglar».
Zulm qilganlar–kofir, mushrik va osiylardir. Faqat ularning oʻzlarigina emas, balki ularning kofir, mushrik va osiy xotinlari hamda hammaslak sheriklari ham azobga duchor boʻlar ekan. Shuningdek, ularning Allohga sherik etgan soxta xudolari ham qoʻshib toʻplanadi.
«Bas, ularni jahiym yoʻliga hidoyat qiling.»
Odatda, jahannam va unga oʻxshash yomon joylarga nisbatan «hidoyat qilish» istilohi ishlatilmaydi. Lekin bu oyatda jahannamiylarni masxara qilish uchun kinoya bilan shu lafz qoʻllanilmoqda.