QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
As-Saffat surasi · Oyatсураси · Оят23

مِن دُونِ ٱللَّهِ فَٱهْدُوهُمْ إِلَىٰ صِرَٰطِ ٱلْجَحِيمِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohdan o`zga narsalarini to`planglar. Bas, ularni jahiym yo`liga hidoyat qiling» (deyilur).Аллоҳдан ўзга нарсаларини тўпланглар. Бас, уларни жаҳийм йўлига ҳидоят қилинг» (дейилур).Alauddin Mansour: Allohni qoʻyib (ibodat qilib oʻtgan narsalarini toʻplanglar) va doʻzax yoʻliga boshlanglar.Аллоҳни қўйиб (ибодат қилиб ўтган нарсаларини тўпланглар) ва дўзах йўлига бошланглар.

446-sahifa · 23-juz · 45-hizb446-саҳифа · 23-жуз · 45-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
مِن-dan-данدُونِoʻzgaўзгаٱللَّهِAllohАллоҳفَٱهْدُوهُمْbas, ularni hidoyat qilingбас, уларни ҳидоят қилингإِلَىٰ-ga-гаصِرَٰطِyoʻliйўлиٱلْجَحِيمِjahiymжаҳийм
TafsirТафсир

Ey farishtalar, shirk keltirish ila zulm qilganlarni (Allohga shirk keltirish eng katta zulm) ularning juftlarini– xotinlari va hammaslaklarini hamda Allohdan oʻzga sigʻinib yurgan soxta xudolarini hashr maydonida bir joyga toʻplanglar. Ha,

«Zulm qilganlarni, ularning juftlarini va ular ibodat qilib yurgan, Allohdan oʻzga narsalarini toʻplanglar».

Zulm qilganlar–kofir, mushrik va osiylardir. Faqat ularning oʻzlarigina emas, balki ularning kofir, mushrik va osiy xotinlari hamda hammaslak sheriklari ham azobga duchor boʻlar ekan. Shuningdek, ularning Allohga sherik etgan soxta xudolari ham qoʻshib toʻplanadi.

«Bas, ularni jahiym yoʻliga hidoyat qiling.»

Odatda, jahannam va unga oʻxshash yomon joylarga nisbatan «hidoyat qilish» istilohi ishlatilmaydi. Lekin bu oyatda jahannamiylarni masxara qilish uchun kinoya bilan shu lafz qoʻllanilmoqda.