وَقِفُوهُمْ ۖ إِنَّهُم مَّسْـُٔولُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va ularni to`xtatinglar! Albatta, ular so`ralguvchidirlar.Ва уларни тўхтатинглар! Албатта, улар сўралгувчидирлар.Alauddin Mansour: (Ammo to Mening farmonim boʻlmaguncha) ularni toʻxtatib (doʻzaxga tashlamay) turinglar! Chunki ular (avval hayoti dunyoda qilib oʻtgan kufru isyonlari toʻgʻrisida) soʻralguvchidirlar.(Аммо то Менинг фармоним бўлмагунча) уларни тўхтатиб (дўзахга ташламай) туринглар! Чунки улар (аввал ҳаёти дунёда қилиб ўтган куфру исёнлари тўғрисида) сўралгувчидирлар.
Ey farishtalar, mazkur ahli jahannamni jamlab, jahannam yoʻliga toʻgʻrilab boʻlganlaringizdan keyin: «...ularni toʻxtatinglar!» Ularning ishlari hali tamom boʻlgani yoʻq. Hali baʼzi gaplar, ishlar bor. «Albatta, ular soʻralguvchidirlar.» Ular hali u dunyoda qilgan ishlari haqida soʻraladilar.