قَالُوا۟ بَل لَّمْ تَكُونُوا۟ مُؤْمِنِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Yo`q! Siz o`zingiz mo`min bo`lmagan edingiz.Улар: «Йўқ! Сиз ўзингиз мўмин бўлмаган эдингиз.Alauddin Mansour: (Peshvolar) ayturlar: «Yoʻq, sizlar oʻzlaringiz moʻmin boʻlmagan edinglar.(Пешволар) айтурлар: «Йўқ, сизлар ўзларингиз мўмин бўлмаган эдинглар.
Yoʻq! Sizning bizga qarshi qilayotgan daʼvoingiz notoʻgʻri. Sizni bizning oʻng tomoningizdan kelishimiz, vasvasa qilishimiz yoʻldan urib kofir qilgani yoʻq. Aslida: «Siz oʻzingiz moʻmin boʻlmagan edingiz». Ayb oʻzingizda. Siz oʻz ixtiyoringiz ila kofir boʻlgansiz, «Bizning ustingizdan hukmronligimiz boʻlmagan edi». Bizda sizning ustingizdan hukmni majburlab oʻtkazish imkoniyati yoʻq edi. Shuning uchun, aybni bizga agʻdarishga urinmang. «Yoʻq!» Siz kufrga ketishingizda bizni aybdor qilishingiz notoʻgʻri! «Siz oʻzingiz tugʻyonga ketgan qavm edingiz.» Haddingizdan oshib, hovliqib ketgan edingiz.