QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
As-Saffat surasi · Oyatсураси · Оят30

وَمَا كَانَ لَنَا عَلَيْكُم مِّن سُلْطَـٰنٍۭ ۖ بَلْ كُنتُمْ قَوْمًا طَـٰغِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bizning ustingizdan hukmronligimiz bo`lmagan edi. Yo`q! Siz o`zingiz tug`yonga ketgan qavm edingiz.Бизнинг устингиздан ҳукмронлигимиз бўлмаган эди. Йўқ! Сиз ўзингиз туғёнга кетган қавм эдингиз.Alauddin Mansour: Axir bizlar uchun sizlarning ustingizda biron saltanat — hukmronlik yoʻq edi-ku! Yoʻq, sizlar oʻzlaringiz haddan oshguvchi qavm edinglar.Ахир бизлар учун сизларнинг устингизда бирон салтанат — ҳукмронлик йўқ эди-ку! Йўқ, сизлар ўзларингиз ҳаддан ошгувчи қавм эдинглар.

447-sahifa · 23-juz · 45-hizb447-саҳифа · 23-жуз · 45-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَاva emasва эмасكَانَediэдиلَنَاbizgaбизгаعَلَيْكُمsizlarning ustingizdanсизларнинг устингизданمِّنhechҳечسُلْطَـٰنٍۭ ۖhukmronlikҳукмронликبَلْyoʻqйўқكُنتُمْsiz edingizсиз эдингизقَوْمًۭاqavmқавмطَـٰغِينَtugʻyonga ketganтуғёнга кетган
TafsirТафсир

Yoʻq! Sizning bizga qarshi qilayotgan daʼvoingiz notoʻgʻri. Sizni bizning oʻng tomoningizdan kelishimiz, vasvasa qilishimiz yoʻldan urib kofir qilgani yoʻq. Aslida: «Siz oʻzingiz moʻmin boʻlmagan edingiz». Ayb oʻzingizda. Siz oʻz ixtiyoringiz ila kofir boʻlgansiz, «Bizning ustingizdan hukmronligimiz boʻlmagan edi». Bizda sizning ustingizdan hukmni majburlab oʻtkazish imkoniyati yoʻq edi. Shuning uchun, aybni bizga agʻdarishga urinmang. «Yoʻq!» Siz kufrga ketishingizda bizni aybdor qilishingiz notoʻgʻri! «Siz oʻzingiz tugʻyonga ketgan qavm edingiz.» Haddingizdan oshib, hovliqib ketgan edingiz.