QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
As-Saffat surasi · Oyatсураси · Оят35

إِنَّهُمْ كَانُوٓا۟ إِذَا قِيلَ لَهُمْ لَآ إِلَـٰهَ إِلَّا ٱللَّهُ يَسْتَكْبِرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Chunki, ularga qachonki «Laa ilaaha Illallohu», deyilsa, mutakabbirlik qilar edilar.Чунки, уларга қачонки «Лаа илааҳа Иллаллоҳу», дейилса, мутакаббирлик қилар эдилар.Alauddin Mansour: Chunki ular oʻzlaricha: «Hech qanday iloh yoʻq, magar yolgʻiz Allohgina bordir», deyilgan vaqtda kibr-havo qilgan edilar.Чунки улар ўзларича: «Ҳеч қандай илоҳ йўқ, магар ёлғиз Аллоҳгина бордир», дейилган вақтда кибр-ҳаво қилган эдилар.

447-sahifa · 23-juz · 45-hizb447-саҳифа · 23-жуз · 45-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّهُمْalbatta, ularалбатта, уларكَانُوٓا۟edilarэдиларإِذَاqachonkiқачонкиقِيلَdeyilsaдейилсаلَهُمْulargaуларгаلَآyoʻqйўқإِلَـٰهَilohилоҳإِلَّاmagarмагарٱللَّهُAllohАллоҳيَسْتَكْبِرُونَmutakabbirlik qilar edilarмутакаббирлик қилар эдилар
TafsirТафсир

Ularning hammasiga, «Allohdan oʻzga ibodatga sazovor zot yoʻq», deyilsa, ular mutakabbirlik qilar edilar. Yolgʻiz Alloh taoloning Oʻziga qullik qilishga boʻyinlari yor bermas yoki butunlay ilohu maʼbudni tan olmas edilar. Unga butu sanamlar, jinu maloikalar, tabiatdagi baʼzi maxluqotlar yoki oʻzlariga oʻxshagan baʼzi odamlarni sherik qilardilar. Shuning uchun ham, bugungi qiyomat kunida xoru zor boʻlib, jahannamga ega boʻlib turibdilar.