QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
As-Saffat surasi · Oyatсураси · Оят56

قَالَ تَٱللَّهِ إِن كِدتَّ لَتُرْدِينِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Allohga qasamki, meni ham halok qilishingga oz qolgan ekan.У: «Аллоҳга қасамки, мени ҳам ҳалок қилишингга оз қолган экан.Alauddin Mansour: Dedi: «Alloh nomiga qasamki, darhaqiqat, sen meni ham halok qilayozgan eding.Деди: «Аллоҳ номига қасамки, дарҳақиқат, сен мени ҳам ҳалок қилаёзган эдинг.

448-sahifa · 23-juz · 45-hizb448-саҳифа · 23-жуз · 45-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَdediдедиتَٱللَّهِAllohga qasamkiАллоҳга қасамкиإِنalbattaалбаттаكِدتَّsenga oz qolgan ekanсенга оз қолган эканلَتُرْدِينِmeni halok qilishinggaмени ҳалок қилишингга
TafsirТафсир

Muxlis-moʻmin banda nozu neʼmat jannatida, izzatu ikromda turib, jahannamning oʻrtasida azobga giriftor boʻlgan tanishiga qarab xitob qilmoqda: «Allohga qasamki, meni ham halok qilishingga oz qolgan ekan». Agar sening gapingga kirsam, igʻvoingga uchsam, men ham sening holingga tushishim turgan gap ekan. «Agar Robbimning neʼmati boʻlmaganida...» Alloh taolo Oʻz rahmati ila sening igʻvoingdan qutqarib, hidoyat yoʻliga solmaganida, senga oʻxshab, «...men ham (doʻzaxga) hozir qilinganlardan boʻlur edim», dedi». Soʻngra, muxlis banda gapida davom etib deydi: