QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
As-Saffat surasi · Oyatсураси · Оят57

وَلَوْلَا نِعْمَةُ رَبِّى لَكُنتُ مِنَ ٱلْمُحْضَرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar Robbimning ne'mati bo`lmaganida, men ham (do`zaxga) hozir qilinganlardan bo`lur edim», dedi.Агар Роббимнинг неъмати бўлмаганида, мен ҳам (дўзахга) ҳозир қилинганлардан бўлур эдим», деди.Alauddin Mansour: Agar Parvardigorimning neʼmati (yaʼni, hidoyati) boʻlmasa edi, albatta men (sen bilan birga doʻzaxga) hozir qilinguvchilardan boʻlur edim.Агар Парвардигоримнинг неъмати (яъни, ҳидояти) бўлмаса эди, албатта мен (сен билан бирга дўзахга) ҳозир қилингувчилардан бўлур эдим.

448-sahifa · 23-juz · 45-hizb448-саҳифа · 23-жуз · 45-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَوْلَاva agar boʻlmaganidaва агар бўлмаганидаنِعْمَةُneʼmatiнеъматиرَبِّىRobbimningРоббимнингلَكُنتُalbatta, men boʻlur edimалбатта, мен бўлур эдимمِنَ-dan-данٱلْمُحْضَرِينَhozir qilinganlarҳозир қилинганлар
TafsirТафсир

Muxlis-moʻmin banda nozu neʼmat jannatida, izzatu ikromda turib, jahannamning oʻrtasida azobga giriftor boʻlgan tanishiga qarab xitob qilmoqda: «Allohga qasamki, meni ham halok qilishingga oz qolgan ekan». Agar sening gapingga kirsam, igʻvoingga uchsam, men ham sening holingga tushishim turgan gap ekan. «Agar Robbimning neʼmati boʻlmaganida...» Alloh taolo Oʻz rahmati ila sening igʻvoingdan qutqarib, hidoyat yoʻliga solmaganida, senga oʻxshab, «...men ham (doʻzaxga) hozir qilinganlardan boʻlur edim», dedi». Soʻngra, muxlis banda gapida davom etib deydi: