QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
As-Saffat surasi · Oyatсураси · Оят63

إِنَّا جَعَلْنَـٰهَا فِتْنَةً لِّلظَّـٰلِمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Biz uni zolimlar uchun fitna qildik.Албатта, Биз уни золимлар учун фитна қилдик.Alauddin Mansour: Haqiqatan, Biz uni (yaʼni, Zaqqum daraxtini) zolim kimsalar uchun fitna-aldov qilib qoʻydik.Ҳақиқатан, Биз уни (яъни, Заққум дарахтини) золим кимсалар учун фитна-алдов қилиб қўйдик.

448-sahifa · 23-juz · 45-hizb448-саҳифа · 23-жуз · 45-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّاalbatta, Bizалбатта, Бизجَعَلْنَـٰهَاuni qildikуни қилдикفِتْنَةًۭfitnaфитнаلِّلظَّـٰلِمِينَzolimlar uchunзолимлар учун
TafsirТафсир

Biz zaqqum daraxtini zolimlar–kofir va mushriklar uchun fitna qilib qoʻydik. Ular oʻsha sababli fitnaga duchor boʻldilar. Mushriklar «Jahannamda «zaqqum» degan daraxt boʻlar ekan», degan gapni eshitganlarida, doimo olov yonib turadigan doʻzaxda qanday qilib daraxt oʻsadi, olovda kuyib ketmaydimi, deb masxara qilishdi. Makka mushriklarining boshliqlaridan biri Abu Jahl boʻlsa:

«Ey, quraysh jamoasi! Muhammad sizni qoʻrqitayotgan zaqqum nimaligini bilasizmi?»–deb soʻradi. Ular:

«Yoʻq!»–deb javob berdilar. Abu Jahl:

«Saryogʻ aralashtirilgan Yasrib xurmosi! Allohga qasamki, agar imkon boʻlsa, bir maza qilib zaqqum yeylik!»–dedi kinoya qilib.

Bu, johil kofir va mushriklarning doimiy holatidan bir koʻrinishdir. Zolim kofir va mushriklar har doim Islom, Qurʼon, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam haqlarida johilliklari ila shunday masxaraomuz gap-soʻzlar, askiyalar, haqorat va kinoyalar tarqatib keladilar.

Lekin ularning jaholati va kaltafahmliklari bilan haqiqat oʻzgarib qolmaydi. Hamma narsa oʻz oʻrnini topadi. Mana, zaqqum daraxti nima ekanini ham Qurʼoni Karimning oʻzi bayon qilmoqda: