طَلْعُهَا كَأَنَّهُۥ رُءُوسُ ٱلشَّيَـٰطِينِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Uning (meva) tugar joyi xuddi shaytonlarning boshlariga o`xshar.Унинг (мева) тугар жойи худди шайтонларнинг бошларига ўхшар.Alauddin Mansour: Uning butoqlari(dagi mevalari xunuklikda) xuddi shaytonlarning boshlariga oʻxshar.Унинг бутоқлари(даги мевалари хунукликда) худди шайтонларнинг бошларига ўхшар.
Mevali daraxtning gulini ham, gul meva tukkanda mevasini ham tutib turadigan joyiga arab tilida «tolʼun» deyiladi. Bu oyatda zaqqum daraxtining «tolʼun»i xuddi shaytonlarning boshlariga oʻxshatilmoqda. Shaytonlarning boshlari haqida muayyan suratli tasavvur boʻlmasa ham, ular eng xunuk, jirkanch va qoʻrqinchli ekanligi maʼlum. Demak, zaqqum daraxtining meva tugar joyi eng xunuk, jirkanch va qoʻrqinchli bir joy ekan.