وَٱللَّهُ خَلَقَكُمْ وَمَا تَعْمَلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Holbuki, sizni ham, qilgan narsalaringizni ham Alloh yaratgan-ku?!Ҳолбуки, сизни ҳам, қилган нарсаларингизни ҳам Аллоҳ яратган-ку?!Alauddin Mansour: Holbuki, sizlarni ham, qilib olgan butlaringizni ham Alloh yaratgan-ku?!»Ҳолбуки, сизларни ҳам, қилиб олган бутларингизни ҳам Аллоҳ яратган-ку?!»
Sizni soxta xudolaringiz yaratgani yoʻq. Buni oʻzingiz ham tan olasiz. Siz yoʻnib yasagan xudolaringizni ham Alloh taolo yaratgan. Dunyodagi yagona yaratuvchi zot Allohdir. Binobarin, dunyodagi ibodatga sazovor yagona zot ham Allohdir. Shunday ekan, ibodatga loyiq Oʻsha yagona Zotga sigʻinmay, nimaga oʻzingiz yoʻnib olgan butu sanamlarga ibodat qilmoqdasiz?!
Nobakor qavm Ibrohim alayhissalomning bu gaplaridan toʻgʻri xulosa chiqarib olmadi. Kofirlarning doimiy odatlari boʻyicha, aqliy va mantiqiy bahsda yengilganlaridan keyin kuch ishlatishga oʻtishdi.