فَأَرَادُوا۟ بِهِۦ كَيْدًا فَجَعَلْنَـٰهُمُ ٱلْأَسْفَلِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, ular unga makr-hiylani iroda qilishdi. Biz ularni tuban qildik.Бас, улар унга макр-ҳийлани ирода қилишди. Биз уларни тубан қилдик.Alauddin Mansour: Bas, ular (Ibrohimga) makr qilmoqchi boʻlgan edilar. Biz ularni tuban-magʻlub qildik.Бас, улар (Иброҳимга) макр қилмоқчи бўлган эдилар. Биз уларни тубан-мағлуб қилдик.
Jinoyatchi mushrik qavmlar Ibrohimga makr-hiyla ishlatib, gulxanda yoqib halok qilmoqchi boʻlgan edi. Biz olovni Ibrohim uchun sovuq va salomatlik qilib uni qutqarib qoldik va ularni tuban etib magʻlub qildik. Alloh taoloning inoyati oldida bandalarining qoʻlidan hech ish kelmaydi. Alloh taoloning Oʻzi muxlis bandasini saqlayman desa, xohlaganicha saqlab qoladi.
Bu ishlardan keyin Ibrohim alayhissalom boshqacha yoʻl tutishga qaror qildilar.