QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
As-Saffat surasi · Oyatсураси · Оят99

وَقَالَ إِنِّى ذَاهِبٌ إِلَىٰ رَبِّى سَيَهْدِينِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Albatta, men Robbimga borguvchiman. U meni hidoyat qilur.У: «Албатта, мен Роббимга боргувчиман. У мени ҳидоят қилур.Alauddin Mansour: (U oʻt ichidan eson-omon chiqdi) va dedi: «Albatta men Parvardigorim (buyurgan taraf)ga ketguvchidirman. Uning Oʻzi meni (Toʻgʻri Yoʻlga) hidoyat qilur.(У ўт ичидан эсон-омон чиқди) ва деди: «Албатта мен Парвардигорим (буюрган тараф)га кетгувчидирман. Унинг Ўзи мени (Тўғри Йўлга) ҳидоят қилур.

449-sahifa · 23-juz · 45-hizb449-саҳифа · 23-жуз · 45-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَقَالَva u dediва у дедиإِنِّىalbatta, menалбатта, менذَاهِبٌborguvchimanборгувчиманإِلَىٰ-ga-гаرَبِّىRobbimРоббимسَيَهْدِينِU meni hidoyat qilurУ мени ҳидоят қилур
TafsirТафсир

Yaʼni, men bu joylarni tashlab, Robbim amr etgan yerlarga hijrat qilaman. Uning Oʻzi meni toʻgʻri yoʻlga hidoyat qiladi, dedi.

Allohning yoʻlida yurish haqidagi daʼvatlar, tushuntirishlar va bahslar otaga ham, qavmga ham taʼsir qilmadi. Ular bu vaʼz- nasihat va daʼvatlardan foyda olish oʻrniga zulmni kuchaytirdilar. Daʼvatchiga turli yomonliklar qildilar. Uni ham oʻzlarining botil yoʻllariga yurgizmoqchi boʻldilar. Oxir-oqibat uni jismonan yoʻq qilishga urindilar. Chunki, uning tirik yurishi oʻsha nobakor qavm uchun katta tahlika edi. Oddiy xalq uning orqasidan ketib qolishidan qoʻrqardilar. Ana shunda Ibrohim alayhissalom:

«Albatta, men Robbimga borguvchiman», deb dinu diyonat uchun hijratga ketishni afzal koʻrdilar.

Alloh uchun vatanlarini, ahllarini, yaqinlarini, manfaatlarini butunlay tashlab ketishga qaror qildilar. Sof niyatlarini tushunmagan nobakor qavmdan, eski, oʻzlari oʻrganib qolgan odatlarni tark etishni xohlamayotgan zolim shaxslardan voz kechishni xohladilar. Faqat Alloh bilan qolish, faqat Allohdangina yordam soʻrash va faqat Alloh aytganidek yashashni ixtiyor qildilar. Shuning uchun ham, ishonch bilan:

«U meni hidoyat qilur», dedilar.

Alloh Oʻzi meni toʻgʻri yoʻlga hidoyat qiladi. Ikki dunyo saodatiga eltuvchi yoʻlga boshlaydi, dedilar.

Qatoda roziyallohu anhuning aytishlaricha, Ibrohim alayhissalom xaloyiqlardan birinchi boʻlib Bibi Sora bilan Shom yerlariga hijrat qilgan zotdirlar. Shunday qilib hijrat yuzaga keldi. Bir holatdan ikkinchi boshqa bir holatga ajrab chiqildi. Turli-tuman aloqalar va bogʻlanishlar butunlay tark etilib, ulardan ajrab, faqat bitta aloqa, bitta bogʻlanish, yaʼni, Alloh taolo bilan aloqa va bogʻlanish qoldi.

Shu paytgacha Ibrohim alayhissalom farzand koʻrmagan edilar. Hijrat yolgʻizligida Allohdan farzand soʻradilar.