QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Fath surasi · Oyatсураси · Оят10

إِنَّ ٱلَّذِينَ يُبَايِعُونَكَ إِنَّمَا يُبَايِعُونَ ٱللَّهَ يَدُ ٱللَّهِ فَوْقَ أَيْدِيهِمْ ۚ فَمَن نَّكَثَ فَإِنَّمَا يَنكُثُ عَلَىٰ نَفْسِهِۦ ۖ وَمَنْ أَوْفَىٰ بِمَا عَـٰهَدَ عَلَيْهُ ٱللَّهَ فَسَيُؤْتِيهِ أَجْرًا عَظِيمًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, senga bay'at qilayotganlar faqat Allohning O`ziga bay'at qilmoqdalar. Allohning qo`li ularning qo`llari ustidadir. Kim (bay'atni) buzsa, o`ziga qarshi buzadi, xolos va kim Allohga qilgan ahdiga vafo qilsa, unga tezda ulkan ajr berilur.Албатта, сенга байъат қилаётганлар фақат Аллоҳнинг Ўзига байъат қилмоқдалар. Аллоҳнинг қўли уларнинг қўллари устидадир. Ким (байъатни) бузса, ўзига қарши бузади, холос ва ким Аллоҳга қилган аҳдига вафо қилса, унга тезда улкан ажр берилур.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), darhaqiqat, sizga bayʼat-qasamyod qiladigan zotlar hech shak-shubhasiz, Allohga bayʼat qilurlar. Allohning qoʻli ularning qoʻllari ustida boʻlur. Endi kim (oʻz qasamyodini) buzsa, bas, u faqat oʻz ziyoniga buzur. Va kim Alloh bilan ahd-paymon qilgan narsasiga vafo qilsa, u holda (Alloh) unga ulugʻ ajr-mukofot ato etur.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), дарҳақиқат, сизга байъат-қасамёд қиладиган зотлар ҳеч шак-шубҳасиз, Аллоҳга байъат қилурлар. Аллоҳнинг қўли уларнинг қўллари устида бўлур. Энди ким (ўз қасамёдини) бузса, бас, у фақат ўз зиёнига бузур. Ва ким Аллоҳ билан аҳд-паймон қилган нарсасига вафо қилса, у ҳолда (Аллоҳ) унга улуғ ажр-мукофот ато этур.

512-sahifa · 26-juz · 51-hizb512-саҳифа · 26-жуз · 51-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаٱلَّذِينَularуларيُبَايِعُونَكَsenga bayʼat qilayotganlarсенга байъат қилаётганларإِنَّمَاfaqatфақатيُبَايِعُونَbayʼat qilmoqdalarбайъат қилмоқдаларٱللَّهَAllohgaАллоҳгаيَدُqoʻliқўлиٱللَّهِAllohningАллоҳнингفَوْقَustidadirустидадирأَيْدِيهِمْ ۚularning qoʻllariуларнинг қўллариفَمَنbas, kimбас, кимنَّكَثَahdni buzsaаҳдни бузсаفَإِنَّمَاfaqatфақатيَنكُثُbuzadiбузадиعَلَىٰ-ga qarshi-га қаршиنَفْسِهِۦ ۖoʻziўзиوَمَنْva kimва кимأَوْفَىٰvafo qilsaвафо қилсаبِمَاnarsagaнарсагаعَـٰهَدَahd qilganаҳд қилганعَلَيْهُuning ustigaунинг устигаٱللَّهَAllohgaАллоҳгаفَسَيُؤْتِيهِbas, unga tezda berurбас, унга тезда берурأَجْرًاajrажрعَظِيمًۭاulkanулкан
TafsirТафсир

Mushriklar hazrati Usmonni oʻldirishibdi, degan mish-mish tarqalgandan soʻng, Paygʻambar alayhissalom sahobai kiromlarni bayʼat qilishga chaqirgan edilar. Oʻsha paytda Rasuli Akram alayhissalom xurmo daraxti ostida oʻtirgan boʻlganlari uchun ham bu kunni «shajara (daraxt) kuni» deb, bayʼatni esa «daraxt ostidagi bayʼat», deb ham atalgan. Sahobalardan Maʼqal ibn Yasar roziyallohu anhu: «Daraxt kuni» Paygʻambar alayhissalom odamlarning bayʼatini qabul qilar edilar, men esa u kishining boshlarida bir shoxni koʻtarib turar edim, oʻshanda bir ming toʻrt yuz kishi edik», deganlar. Birinchi boʻlib, Abu Sinon al-Asadiy ismli sahobiy bayʼat qilganlar. Yaʼni, har bir sahobiy Paygʻambarimiz alayhissalomning qoʻllarini tutib turib, urush boʻlib qolsa, qochib ketmaslik, din yoʻlida jon fido qilishga ahdu paymon bergan. Ushbu holatni Qurʼoni Karim oʻziga xos uslubda tavsif qilmoqda. Paygʻambar alayhissalomga qoʻl berib, ahdu paymon qilishni Alloh taologa ahdu paymon qilish– bayʼat qilishdan oʻzga narsa emas, deb tushuntirmoqda. Yaʼni, mabodo, Paygʻambar alayhissalomning shaxslari gʻoyib boʻlib qolsa ham, Alloh gʻoyib boʻlmaydi, ahd ahdligicha qoladi. Ikkinchidan, bu berilgan bayʼat oddiy bayʼat emas, balki, Alloh taoloning oʻziga berilgan ulugʻ bayʼatdir. Bas, shunday ekan, bunga alohida eʼtibor bilan qarash kerak. kim bu bayʼatni buzsa, oddiy bayʼatni buzgan boʻlmaydi, balki Allohga bergan ahdni buzgan boʻlib, oʻz zarariga ulkan ish qilgan boʻladi. Albatta, bu bayʼatning buzilishidan Alloh taolo zarar koʻrmaydi. Chunki, U behojat zot. Zararning barchasi bayʼatni buzgan bandaga boʻladi. U banda Allohning gʻazabiga va iqobiga uchraydi. Alloh taolo bandalari orasidan vafo ahllarini yaxshi koʻradi. Shuning uchun ham, oyatning oxirida:

«... kim Allohga bergan ahdiga vafo qilsa, unga tezda ulkan ajr berilur», deyilmoqda.

Bayʼat Islom ummati hayotida katta ahamiyatga molik amal hisoblanishini ushbu oyatdan bilib olsak boʻladi. Bayʼat haqiqiy omil sifatida qadrlangan paytlari doimo musulmonlarga zafar yor boʻlgan.

Mazkur oyatlarda bayʼat haqida, unga vafo qilish yoki uni buzish haqida soʻz yuritilar edi. Endigi oyatda esa, umuman ommaviy safarbarlikdan qochgan, musulmonlar uchun kerakli ishdan bosh tort-gan kishilar haqida gap boradi.

Ey Paygʻambar!