سَيَقُولُ لَكَ ٱلْمُخَلَّفُونَ مِنَ ٱلْأَعْرَابِ شَغَلَتْنَآ أَمْوَٰلُنَا وَأَهْلُونَا فَٱسْتَغْفِرْ لَنَا ۚ يَقُولُونَ بِأَلْسِنَتِهِم مَّا لَيْسَ فِى قُلُوبِهِمْ ۚ قُلْ فَمَن يَمْلِكُ لَكُم مِّنَ ٱللَّهِ شَيْـًٔا إِنْ أَرَادَ بِكُمْ ضَرًّا أَوْ أَرَادَ بِكُمْ نَفْعًۢا ۚ بَلْ كَانَ ٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرًۢا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ortda qolgan a'robiylar senga: «Molimiz va ahlimiz bizni mashg`ul qildi, bizga istig`for ayt», deyishar. Ular qalblarida yo`q narsani tillari ila ayturlar. Sen: «Agar Alloh sizga zararni iroda qilsa yoki sizga manfaatni iroda qilsa, kim sizlarni Allohdan (keladigan) biror narsadan (to`sishga) molik bo`ladir? Ta'kidki, Alloh qilgan amallaringizdan xabardordir», deb ayt.Ортда қолган аъробийлар сенга: «Молимиз ва аҳлимиз бизни машғул қилди, бизга истиғфор айт», дейишар. Улар қалбларида йўқ нарсани тиллари ила айтурлар. Сен: «Агар Аллоҳ сизга зарарни ирода қилса ёки сизга манфаатни ирода қилса, ким сизларни Аллоҳдан (келадиган) бирор нарсадан (тўсишга) молик бўладир? Таъкидки, Аллоҳ қилган амалларингиздан хабардордир», деб айт.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), hali (Madinaga qaytganingizdan keyin) sizga aʼrobiylardan boʻlgan (siz bilan birga Umra safariga chiqmasdan) qolgan (munofiq) kimsalar «Bizlarni mol-mulklarimiz va ahli-oilalarimiz mashgʻul qilib qoʻydi, (shuning uchun sen bilan birga safarga chiqa olmadik). Endi oʻzing bizlar uchun (Allohdan) magʻfirat soʻragin», derlar. Ular tillarida dillarida boʻlmagan narsani — yolgʻonni ayturlar. Ayting: «Agar (Alloh) sizlarga biron ziyon (yetkazish)ni istasa, yoki U sizlarga biron manfaat (yetkazish)ni istasa, u holda kim sizlar uchun Alloh tomonidan boʻlgan biron narsa(ni dafʼ qilishga ega boʻla olur?! Yoʻq, Alloh sizlar qilayotgan amallaringizdan ogoh boʻlgan Zotdir!(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), ҳали (Мадинага қайтганингиздан кейин) сизга аъробийлардан бўлган (сиз билан бирга Умра сафарига чиқмасдан) қолган (мунофиқ) кимсалар «Бизларни мол-мулкларимиз ва аҳли-оилаларимиз машғул қилиб қўйди, (шунинг учун сен билан бирга сафарга чиқа олмадик). Энди ўзинг бизлар учун (Аллоҳдан) мағфират сўрагин», дерлар. Улар тилларида дилларида бўлмаган нарсани — ёлғонни айтурлар. Айтинг: «Агар (Аллоҳ) сизларга бирон зиён (етказиш)ни истаса, ёки У сизларга бирон манфаат (етказиш)ни истаса, у ҳолда ким сизлар учун Аллоҳ томонидан бўлган бирон нарса(ни дафъ қилишга эга бўла олур?! Йўқ, Аллоҳ сизлар қилаётган амалларингиздан огоҳ бўлган Зотдир!
Maʼlumki, Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom Qurayshning dushmanlik qilganini eshitib, umumiy safarbarlik eʼlon qilganlarida, baʼzi iymoni zaiflar ortda qolib, unda qatnashmagan edilar. Ortda qolganlar ichida aʼrobiylar–sahroda yashovchi koʻchmanchi arablar, jumladan, Fifor, Muzayna, Ashjoʼ, Aslam va boshqa qabilalar bor edi.
Ular, aslida, qoʻrqqanlari uchun, «Quraysh yaqinda Muhammadni Madiynada Uhud urushida magʻlub qildi, endi Muhammad ularning yurtiga borib nima qila olar edi», deya qoʻshilmagan edilar. Ammo, Alloh taoloning yordami bilan bu gal ish yaxshilik bilan tugab, musulmonlarga zafar yor boʻlib qaytganlarida, iymoni zaif xoinlar Paygʻambar alayhissalom huzurlariga kelib, uzr ayta boshladilar. «Bizni molu mulkimiz va ahli ayolimiz mashgʻul qilib qoldi, yaʼni, shularni deb bora olmadik, uzr, biz gunohkormiz, bizga istigʻfor ayting (yaʼni, Allohdan gunohimizni soʻrab bering), deyishdi. Aslida esa, unday boʻlmay, aksincha:
«Ular qalblarida yoʻq narsani tillari ila ayturlar».
Ular, Muhammadga qoʻshilib borsak-da, u yengilib qolsa, bizga zarar yetadi, degan fikr bilan ortda qolgan edilar. Shuning uchun ham, oyatda ushbu maʼnoga ishora qilinib:
«Agar Alloh sizga zararni iroda qilsa yoki sizga manfaatni iroda qilsa, kim sizlarni Allohdan (keladigan) biror narsadan (toʻsishga) molik boʻladir?»–deyilayapti.
Ortda qolganlar iymonlari zaif boʻlganidan shunday notoʻgʻri fikrga borganlar. Ularning bu hollarini kelasi oyat bayon qiladi: