QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Fath surasi · Oyatсураси · Оят12

بَلْ ظَنَنتُمْ أَن لَّن يَنقَلِبَ ٱلرَّسُولُ وَٱلْمُؤْمِنُونَ إِلَىٰٓ أَهْلِيهِمْ أَبَدًا وَزُيِّنَ ذَٰلِكَ فِى قُلُوبِكُمْ وَظَنَنتُمْ ظَنَّ ٱلسَّوْءِ وَكُنتُمْ قَوْمًۢا بُورًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Balki sizlar, Rasul va mo`minlar abadiy o`z ahllariga qaytib kelmaslar, deb gumon qildingiz va bu narsa qalbingizda ziynatlandi, yomon gumon qildingiz va yomon qavm bo`ldingiz.Балки сизлар, Расул ва мўминлар абадий ўз аҳлларига қайтиб келмаслар, деб гумон қилдингиз ва бу нарса қалбингизда зийнатланди, ёмон гумон қилдингиз ва ёмон қавм бўлдингиз.Alauddin Mansour: Balki sizlar paygʻambar va moʻminlar (bu safarlaridan) oʻz ahli-oilalariga hech qachon qaytib kelmaydilar, deb oʻyladinglar va bu dillaringizga chiroyli koʻrinib, yomon gumon qildinglar hamda halok boʻlguvchi qavm boʻldinglar!»Балки сизлар пайғамбар ва мўминлар (бу сафарларидан) ўз аҳли-оилаларига ҳеч қачон қайтиб келмайдилар, деб ўйладинглар ва бу дилларингизга чиройли кўриниб, ёмон гумон қилдинглар ҳамда ҳалок бўлгувчи қавм бўлдинглар!»

512-sahifa · 26-juz · 51-hizb512-саҳифа · 26-жуз · 51-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
بَلْbalkiбалкиظَنَنتُمْgumon qildingizгумон қилдингизأَن-ki-киلَّنhargiz emasҳаргиз эмасيَنقَلِبَqaytib kelurlarқайтиб келурларٱلرَّسُولُRasulРасулوَٱلْمُؤْمِنُونَva moʻminlarва мўминларإِلَىٰٓ-ga-гаأَهْلِيهِمْoʻz ahllariўз аҳллариأَبَدًۭاabadiyабадийوَزُيِّنَva ziynatlandiва зийнатландиذَٰلِكَbu narsaбу нарсаفِى-da-даقُلُوبِكُمْqalblaringizқалбларингизوَظَنَنتُمْva gumon qildingizва гумон қилдингизظَنَّgumonгумонٱلسَّوْءِyomonёмонوَكُنتُمْva boʻldingizва бўлдингизقَوْمًۢاqavmқавмبُورًۭاhalokatga uchraganҳалокатга учраган
TafsirТафсир

Demak, iymoni zaiflarga molu dunyo va ahli ayolining mashgʻul etgani bir bahona ekan. Ular, aslida, Makka mushriklarini yengish qiyin, Muhammad va unga ergashganlar bu safargi jangda qirilib bitadilar, deb gumon qilganlar. Shunday boʻladi, deb ishonganlar. Bu esa–yomon gumon, yomon gumon qilgan qavm ham yomon qavm boʻladi. Biz «yomon qavm» deb tarjima qilayotgan ibora oyati karimada «qavman buro» deb kelgan. «Bur» soʻzi «hayotsiz», «unumsiz», «samarasiz» maʼnolarini anglatadi. Haqiqatan, yomon gumon qilguvchilar shunday oqibatga lo-yiqdirlar. Odamlar koʻpincha songa, quvvatga, tutgan maqomiga qarab hukm chiqarishadi. Asosiy mezonni–iymonni esdan chiqarib qoʻyishadi. Shuning uchun ham, keyingi oyatlarda haqiqiy gʻalaba omili boʻlgan iymon, Allohning magʻfirati va rahmati eslatiladi: