لِّتُؤْمِنُوا۟ بِٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ وَتُعَزِّرُوهُ وَتُوَقِّرُوهُ وَتُسَبِّحُوهُ بُكْرَةً وَأَصِيلًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirishingiz, Uni (dinni) qo`llab-quvvatlashingiz, ulug`lashingiz hamda Unga ertayu kech tasbih aytishingiz uchundir.Аллоҳга ва Унинг Расулига иймон келтиришингиз, Уни (динни) қўллаб-қувватлашингиз, улуғлашингиз ҳамда Унга эртаю кеч тасбиҳ айтишингиз учундир.Alauddin Mansour: (Ey insonlar, Biz bu paygʻambarni) sizlar Allohga va Uning paygʻambariga iymon keltirishlaringiz uchun va U zotni ulugʻlab, ehtirom qilishlaringiz hamda erta-yu kech Uni poklab, tasbeh aytishlaringiz uchun (yubordik).(Эй инсонлар, Биз бу пайғамбарни) сизлар Аллоҳга ва Унинг пайғамбарига иймон келтиришларингиз учун ва У зотни улуғлаб, эҳтиром қилишларингиз ҳамда эрта-ю кеч Уни поклаб, тасбеҳ айтишларингиз учун (юбордик).
Haqiqatan ham, Paygʻambar alayhissalomning birinchi ishlari Allohga iymon keltirishga daʼvat qilish boʻlgan. Kimki, Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirgan boʻlsa, uning dastlabki vazifasi Allohning dini boʻlmish Islomni qoʻllab-quvvatlash boʻlgan. Bu ish Islomning dastlabki bosqichida Paygʻambar sollalohu alayhi vasallamni qoʻllab-quvvatlash orqali boʻlgan.
Shuningdek, moʻminlarning burchlaridan biri Allohni va Uning Rasulini ulugʻlash sanalgan.
Ertayu kech tasbih aytish–poklab yod etish esa, faqat Allohgagina xosdir. Paygʻambar alayhissalomga tasbih aytish yoʻq. Zetan, u zotning oʻzlari ham doimo Allohni poklab tasbih aytib yurganlar.
Ushbu oyatlar Hudaybiya sulhidan oldin vujudga kelgan qaltis va qiyin vaziyatda, Islom dini uchun Paygʻambar alayhissalom atrofida birlashib, u kishini ulugʻlab, u kishini qoʻllab-quvvatlash payti ekanidan, musulmonlarni bu ishga targʻib qilish maʼnosida keldi.
Kelasi oyatlarda bu amrlarga qanday amal qilingani bayon etiladi.