إِنَّآ أَرْسَلْنَـٰكَ شَـٰهِدًا وَمُبَشِّرًا وَنَذِيرًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Biz seni guvohlik beruvchi, xushxabar eltuvchi va ogohlantiruvchi qilib yubordik.Албатта, Биз сени гувоҳлик берувчи, хушхабар элтувчи ва огоҳлантирувчи қилиб юбордик.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), darhaqiqat, Biz sizni (Qiyomat Kunida barcha ummatlar ustida) guvohlik berguvchi, (moʻminlarga jannat haqida) xushxabar eltguvchi va (u kofirlarni doʻzax azobidan) ogohlantirguvchi qilib yuborgandirmiz.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), дарҳақиқат, Биз сизни (Қиёмат Кунида барча умматлар устида) гувоҳлик бергувчи, (мўминларга жаннат ҳақида) хушхабар элтгувчи ва (у кофирларни дўзах азобидан) огоҳлантиргувчи қилиб юборгандирмиз.
Ushbu oyatda Paygʻambar alayhissalomning vazifalari sanab oʻtilmoqda:
Avvalo, u kishi «guvohlik beruvchi»dirlar. Qiyomat kuni Allohning huzurida guvohlik berib, bashariyatga Paygʻambar qilib yuborilganliklari, yetkazish kerak boʻlgan narsalarni yetkazganlari, kishilar u zotni qanday kutib olganliklari, baʼzilar moʻmin, boshqalar kofir va yana birlari munofiq boʻlganliklarini aytib beradilar. Toʻgʻri va haqiqiy guvohlik keltiradilar.
Shu bilan birga, u kishi «xushxabar eltuvchi» hamdirlar.
Ul zot alayhissalom moʻmin kishilarga xayr, baraka, baxt- saodat, magʻfirat, Allohning roziligi va jannat kabi yaxshiliklarning xushxabarini yetkazadilar.
Paygʻambar alayhissalomning vazifalaridan yana biri–kofir, munofiq va gunohkorlarni baxtsizlik, yuzi qoralikdan, jahannam azoblaridan ogohlantirguvchilikdir.
Ushbu oyatda Paygʻambar alayhissalomning vazifalarini sanab oʻtish u zotning oʻzlariga bevosita xitob qilib bayon etiladi. Kelasi oyatda esa, xitob moʻmin-musulmon bandalarga qaratilib, Paygʻambar yuborishdan koʻzda tutilgan baʼzi maqsadlar zikr qilinadi.
Ey moʻminlar, Paygʻambar yuborishimiz: