وَلِلَّهِ جُنُودُ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ عَزِيزًا حَكِيمًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Osmonlaru yerning lashkarlari Allohnikidir. Va, Alloh izzatli va hikmatli Zotdir.Осмонлару ернинг лашкарлари Аллоҳникидир. Ва, Аллоҳ иззатли ва ҳикматли Зотдир.Alauddin Mansour: Osmonlar va Yer qoʻshinlari Allohnikidir. Alloh qudrat va hikmat sohibi boʻlgan Zotdir.Осмонлар ва Ер қўшинлари Аллоҳникидир. Аллоҳ қудрат ва ҳикмат соҳиби бўлган Зотдир.
Toʻrtinchi oyatda ham Allohning lashkarlari haqida soʻz ketib, oyat «Alloh bilimli va hikmatli zotdir», deb tugallangan edi. Bu oyatda esa,
«Alloh izzatli va hikmatli zotdir», deb aytilmoqda.
Chunki, avvalgi oyatda soʻz tadbir va tasarruf haqida ketgan edi, shuning uchun ilm va hikmat zikr qilindi. Bu oyatda esa, soʻz qahr, gʻazab va gʻalaba haqida ketayapti, shuning uchun izzat va hikmat zikr etilmoqda. Haqiqatan, Alloh aziyz (gʻolib), hammadan ustun zotdir. Lekin izzatini ham hikmat bilan ishlatadi.
Kelasi oyatlarda Paygʻambar alayhissalomning vazifalari va moʻminlarning burchlari bayon qilinadi: