وَيُعَذِّبَ ٱلْمُنَـٰفِقِينَ وَٱلْمُنَـٰفِقَـٰتِ وَٱلْمُشْرِكِينَ وَٱلْمُشْرِكَـٰتِ ٱلظَّآنِّينَ بِٱللَّهِ ظَنَّ ٱلسَّوْءِ ۚ عَلَيْهِمْ دَآئِرَةُ ٱلسَّوْءِ ۖ وَغَضِبَ ٱللَّهُ عَلَيْهِمْ وَلَعَنَهُمْ وَأَعَدَّ لَهُمْ جَهَنَّمَ ۖ وَسَآءَتْ مَصِيرًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh to`g`risida yomon gumon qiluvchi munofiq va munofiqalar, mushrik va mushrikalarni azoblash uchun... Ularni yomonlik o`rab olsin. Ularga Alloh g`azab qildi, ularni la'natladi va ularga jahannamni tayyorlab qo`ydi. Va naqadar yomon joy u!Аллоҳ тўғрисида ёмон гумон қилувчи мунофиқ ва мунофиқалар, мушрик ва мушрикаларни азоблаш учун... Уларни ёмонлик ўраб олсин. Уларга Аллоҳ ғазаб қилди, уларни лаънатлади ва уларга жаҳаннамни тайёрлаб қўйди. Ва нақадар ёмон жой у!Alauddin Mansour: Va Alloh haqida (U Oʻz paygʻambariga va moʻminlarga gʻalaba bermaydi, deb) yomon gumon qilguvchi munofiq va munofiqalarni hamda mushrik va mushrikalarni azoblash (uchun moʻminlarni ularga qarshi jihod qilishga buyurdi). Ularning ustiga halokat balosi tushguvchidir. Alloh ulardan dargʻazab boʻldi, ularni laʼnatladi va ular uchun jahannamni tayyorlab qoʻydi. Naqadar yomon joydir u!Ва Аллоҳ ҳақида (У Ўз пайғамбарига ва мўминларга ғалаба бермайди, деб) ёмон гумон қилгувчи мунофиқ ва мунофиқаларни ҳамда мушрик ва мушрикаларни азоблаш (учун мўминларни уларга қарши жиҳод қилишга буюрди). Уларнинг устига ҳалокат балоси тушгувчидир. Аллоҳ улардан дарғазаб бўлди, уларни лаънатлади ва улар учун жаҳаннамни тайёрлаб қўйди. Нақадар ёмон жойдир у!
Alloh taolo musulmonlarning iymonlarini ziyoda qilish uchun Oʻz hikmati va ilmi ila ularning qalbiga sokinlik solib, Hudaybiya sulhini tuzib qaytib kelishlarini iroda qilganligining hikmatlaridan yana biri–
«Alloh toʻgʻrisida yomon gumon qiluvchi munofiq va munofiqalar, mushrik va mushrikalarni azoblash uchun» ekan.
Chunki, bu hodisa davomida munofiq va munofiqalarning nifoqlari yanada oshkor boʻldi. Dillaridagi Islomga boʻlgan dushmanliklari yana ham ochiq yuzaga chiqdi. Mushrik va mushrikalar esa, insoniyat tarixida misli koʻrilmagan katta gunoh sodir etdilar–Baytullohni behurmat qildilar. Sof niyat ila ziyorat qilgani kelayotganlarning yoʻlini toʻsib, ularning Allohga ibodat qilishlariga qarshi chiqdilar. Albatta, ular shu va shunga oʻxshash boshqa gunohlari uchun Allohning azobiga loyiqdirlar. Ayni chogʻda, munofiqlar bilan mushriklar bir narsada,
«Alloh toʻgʻrisida yomon gumon qiluvchi»likda hamjihat edilar. Buning sababi, albatta, iymonsizliklaridadir, Allohga qalblari bogʻliq emasligidadir.
Moʻmin kishi, qalbi doimo Alloh taologa bogʻliq boʻlganligi uchun, doimo Undan yaxshilik kutadi. Xursandchilik paytida ham, xafachilik paytida ham: «Allohim Oʻzi mehribon, menga yaxshilikni ravo koʻrayapti», degan ishonch bilan yashaydi.
Alloh xususida yomon gumon qiluvchilarning oʻziga oyatda duoibad qilinmoqda:
«Ularni yomonlik oʻrab olsin».
Oyatda «Doiratus-savʼi» deyilgan. Buning ayni maʼnosi–ularga yomonlik doirasi boʻlsin, yomonlik ularni doira shaklida oʻrab olsin, deganidir. Yaʼni, boshlari yomonlikdan chiqmasin. Buning ustiga, Allohning gʻazabi, laʼnati va Alloh tayyorlab qoʻygan jahannam, haqiqatan katta badbaxtlik emasmi?!