لِّيُدْخِلَ ٱلْمُؤْمِنِينَ وَٱلْمُؤْمِنَـٰتِ جَنَّـٰتٍ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَـٰرُ خَـٰلِدِينَ فِيهَا وَيُكَفِّرَ عَنْهُمْ سَيِّـَٔاتِهِمْ ۚ وَكَانَ ذَٰلِكَ عِندَ ٱللَّهِ فَوْزًا عَظِيمًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Mo`minlar va mo`minalarni taglaridan anhorlar oqib turgan jannatlarga mangu kiritish uchun va ularning gunohlarini yuvish uchun. Va bu, Allohning huzurida katta yutuqdir.Мўминлар ва мўминаларни тагларидан анҳорлар оқиб турган жаннатларга мангу киритиш учун ва уларнинг гуноҳларини ювиш учун. Ва бу, Аллоҳнинг ҳузурида катта ютуқдир.Alauddin Mansour: U moʻmin va moʻminalarni ostidan daryolar oqib turadigan, ular mangu qoladigan jannatlarga kiritish uchun va ulardan yomonlik-gunohlarini oʻchirish uchun (ularning dillarini Oʻzi buyurgan, kofirlarga qarshi jihod qilish kabi hukmlardan taskin-orom oladigan qilib qoʻydi). Va bu Alloh nazdida ulugʻ baxt boʻldi.У мўмин ва мўминаларни остидан дарёлар оқиб турадиган, улар мангу қоладиган жаннатларга киритиш учун ва улардан ёмонлик-гуноҳларини ўчириш учун (уларнинг дилларини Ўзи буюрган, кофирларга қарши жиҳод қилиш каби ҳукмлардан таскин-ором оладиган қилиб қўйди). Ва бу Аллоҳ наздида улуғ бахт бўлди.
Demak, Alloh Oʻz ilmi va hikmati ila moʻminlarning qalbiga sokinlik solishi iymonlarining ziyodaligi tufayli ularni daraxtlari ostidan anhorlar oqib turgan jannatga kiritish uchun ekan, gunohlarini yuvish uchun ekan. Bu esa,
«Allohning huzurida katta yutuqdir».
Oyatda erkaklarning alohida, ayollarning alohida zikr qilinishi oʻzgacha maʼno kasb etadi. Yaʼni, jannat va uning neʼmatlari faqat erkaklar uchun yoki faqat ayollar uchun emas, balki hamma uchundir. Oʻsha jannatga yetishish uchun hamma barobar harakat qilishi lozim.
Boʻlib oʻtgan Hudaybiya hodisasining yana boshqa hikmatlari ham bor ekan. Oʻshalardan baʼzilari quyidagi oyatlarda bayon qilinadi: