QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Fath surasi · Oyatсураси · Оят2

لِّيَغْفِرَ لَكَ ٱللَّهُ مَا تَقَدَّمَ مِن ذَنۢبِكَ وَمَا تَأَخَّرَ وَيُتِمَّ نِعْمَتَهُۥ عَلَيْكَ وَيَهْدِيَكَ صِرَٰطًا مُّسْتَقِيمًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh sening avval o`tgan gunohlaringni va keyingilarini mag`firat etish, ne'matini batamom qilish va seni to`g`ri yo`lga boshlash uchun...Аллоҳ сенинг аввал ўтган гуноҳларингни ва кейингиларини мағфират этиш, неъматини батамом қилиш ва сени тўғри йўлга бошлаш учун...Alauddin Mansour: Toki Alloh sizning gunohingizdan ilgari oʻtgan va keyin kel(adi)gan narsalar (barcha gunohlaringiz)ni magʻfirat qilishi uchun va sizga Oʻz neʼmatini komil qilib berib, sizni Toʻgʻri Yoʻlga hidoyat qilishi uchunТоки Аллоҳ сизнинг гуноҳингиздан илгари ўтган ва кейин кел(ади)ган нарсалар (барча гуноҳларингиз)ни мағфират қилиши учун ва сизга Ўз неъматини комил қилиб бериб, сизни Тўғри Йўлга ҳидоят қилиши учун

511-sahifa · 26-juz · 51-hizb511-саҳифа · 26-жуз · 51-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لِّيَغْفِرَmagʻfirat etishi uchunмағфират этиши учунلَكَseningсенингٱللَّهُAllohАллоҳمَاnarsaniнарсаниتَقَدَّمَavval oʻtganаввал ўтганمِن-dan-данذَنۢبِكَgunohlaringгуноҳларингوَمَاva narsaniва нарсаниتَأَخَّرَkeyingiкейингиوَيُتِمَّva batamom qilishiва батамом қилишиنِعْمَتَهُۥneʼmatiniнеъматиниعَلَيْكَsengaсенгаوَيَهْدِيَكَva seni hidoyat qilishiва сени ҳидоят қилишиصِرَٰطًۭاyoʻlgaйўлгаمُّسْتَقِيمًۭاtoʻgʻriтўғри
TafsirТафсир

Paygʻambar alayhissalomga nisbat berilayotgan gunoh boshqa odamlarga nisbat beriladigan gunohga, albatta, oʻxshamaydi. Chunki, Paygʻambarlar maʼsum, yaʼni, gunoh sodir etmaydigan zotlardir. Oyati karimada kelgan gunoh tushunchasini Paygʻambar alayhissalomdan oʻtgan baʼzi holatlar, deb tushunsak, toʻgʻri boʻladi. Misol uchun, boy-zodagon mushriklarni dinga daʼvat qilib turgan paytlarida Abdulloh ibn Ummu Maktum kelib savol soʻraydi, shunda Paygʻambar alayhissalom yuzlarini burishtiradilar va natijada «Abasa va tavalla» nozil boʻladi...

Alloh subhanahu va taolo Paygʻambarimiz alayhissalomni shu qadar taqdirlaganiga qaramay, u zot ibodatni oʻzlariga sharaf deb bilar edilar. Rivoyatlarda kelishicha, Paygʻambar alayhissolatu vassalom nafl namozlarini koʻp oʻqib uzoq tik turganlaridan oyoqlari shishib ketar ekan. U kishiga: «Alloh sizning avvalgiyu oxirgi gunohlaringizni magʻfirat qilgan boʻlsa ham, shu holatga yetguncha turasizmi?»–deyilganida, u zoti bobarakot:

«Shukr keltiruvchi banda boʻlmaymanmi?!»–degan ekanlar.

Alloh taoloning Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalomga oʻz neʼmatini batamom qilib berishi–Islomning din sifatida, u zotning esa, Paygʻambar sifatida eʼtirof etilishlari va islom ummatining emin-erkin yashay boshlashidir.

«Sirotal mustaqiym»ga–toʻgʻri yoʻlga boshlashi–dushman bilan sulh tuzib ham fathga yetishish yoʻlini oʻrgatishidir.