هُوَ ٱلَّذِىٓ أَرْسَلَ رَسُولَهُۥ بِٱلْهُدَىٰ وَدِينِ ٱلْحَقِّ لِيُظْهِرَهُۥ عَلَى ٱلدِّينِ كُلِّهِۦ ۚ وَكَفَىٰ بِٱللَّهِ شَهِيدًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U O`z Rasulini hidoyat va haq din bilan, u(din)ni barcha dinlardan ustun qilish uchun yuborgan Zotdir. Guvohlikka Allohning O`zi kifoyadir.У Ўз Расулини ҳидоят ва ҳақ дин билан, у(дин)ни барча динлардан устун қилиш учун юборган Зотдир. Гувоҳликка Аллоҳнинг Ўзи кифоядир.Alauddin Mansour: U (Alloh) Oʻz paygʻambari (Muhammad alayhis-salotu vas-salom)ni hidoyat va Haq din (Islom) bilan, u (din)ni barcha (din)larga gʻolib-ustun qilish uchun yuborgan Zotdir. Allohning Oʻzi (ushbu vaʼdasining roʻyobga chiqishiga) yetarli guvohdir.У (Аллоҳ) Ўз пайғамбари (Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом)ни ҳидоят ва Ҳақ дин (Ислом) билан, у (дин)ни барча (дин)ларга ғолиб-устун қилиш учун юборган Зотдир. Аллоҳнинг Ўзи (ушбу ваъдасининг рўёбга чиқишига) етарли гувоҳдир.
Darhaqiqat, ushbu oyati karima tushganidan yarim asr muddat oʻtishi bilan Islom dini oʻsha vaqtdagi obod diyorlarning barchasida zohir boʻldi. Dunyodagi tanilgan ikki imperatorlik–Fors va Rum imperiyalaridan gʻolib kelib, turli oʻlkalarda tarqaldi. Hozirgi kunda dunyoning Islom zohir boʻlmagan hech bir chekkasi yoʻq. Shu bilan birga, Islomning kuchini hamma biladi. Dunyoni titratib turgan tuzumlar, podshohlar ham Islomni eshitsa, tizzasi qaltiraydi. Ular oʻzaro dushman boʻlsalar ham, Islomga qarshi birlashadilar. Lekin, afsuski, oʻziga Islom nisbatini berib, men musulmonman, deganlarning aksarlari bu ulugʻ dinning mohiyatini toʻla tushunib yetmayaptilar. Ana oʻshalar tushunib yetganlarida, inshoalloh, dunyoning yuzi boshqacha boʻladi. Suraning oxirida sahobai kiromlarning nodir jamoalari aʼzolarining yorqin siymolari ilohiy uslub bilan vasf qilinadi: