وَجَآءَتْ سَكْرَةُ ٱلْمَوْتِ بِٱلْحَقِّ ۖ ذَٰلِكَ مَا كُنتَ مِنْهُ تَحِيدُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`limning mastligi (talvasasi) haqiqat bo`lib keldi. Sen qochib yurgan narsa shuldir.Ўлимнинг мастлиги (талвасаси) ҳақиқат бўлиб келди. Сен қочиб юрган нарса шулдир.Alauddin Mansour: Mana, oʻlim mastligi (yaʼni, jon chiqar payti) haqqi-rost (yetib keldi. (Ey inson), bu (oʻlim) sen qochguvchi boʻlgan narsadir.Мана, ўлим мастлиги (яъни, жон чиқар пайти) ҳаққи-рост (етиб келди. (Эй инсон), бу (ўлим) сен қочгувчи бўлган нарсадир.
Dunyoda inson eng yoqtirmaydigan narsa oʻlimdir. Odam bolasi uni hatto oʻylagisi ham kelmaydi. Lekin oʻlim beshafqat hodisadir, vaqtidan kechikmay, hech narsani pisand qilmay bostirib kelaveradi.
Oyatda oʻlim talvasasi haqiqat–haq bilan kelishi aytilmoqda:
«Oʻlimning mastligi (talvasasi) haqiqat boʻlib keldi».
Demak, oʻlim talvasasi chogʻida–jon berish paytida bu haqiqat insonga oʻzligini namoyon etadi. Lekin u paytda vaqt oʻtgan boʻladi. Endi, iymon keltirgan bilan, tavba qilgan bilan iymon ham, tavba ham qabul qilinmaydi. Ey inson!
«Sen qochib yurgan narsa shuldir.»
Oxirzamon Paygʻambari Muhammad alayhissalom jon taslim qilish payti yaqin kelganda, yuzlaridan terlarini artib turib, «Subhanallohi, oʻlimning sakarotlari (talvasalari) bor», degan ekanlar. Allohga muloqot qilishga ishtiyoqi cheksiz zotning hollari shu boʻlganda, boshqalar ne holga tushishlari oʻz-oʻzidan maʼlum.
Oʻlim talvasasining vasfidan keyin bevosita mahshar, qiyomat, hisob-kitob haqida oyatlar keladi.