لَّقَدْ كُنتَ فِى غَفْلَةٍ مِّنْ هَـٰذَا فَكَشَفْنَا عَنكَ غِطَآءَكَ فَبَصَرُكَ ٱلْيَوْمَ حَدِيدٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, sen bundan g`aflatda eding. Bas, Biz sening pardangni ochdik va bugun ko`zing o`tkirdir.Албатта, сен бундан ғафлатда эдинг. Бас, Биз сенинг пардангни очдик ва бугун кўзинг ўткирдир.Alauddin Mansour: (Ey inson), aniqki, sen bu (ogʻir Kun)dan gʻaflatda eding. Bas, Biz sendan pardangni (yaʼni, mana bu Qiyomat Kuni haqidagi shak-shubhalaringni) ochib yubordik. Endi bu Kun sening koʻzing juda oʻtkirdir.(Эй инсон), аниқки, сен бу (оғир Кун)дан ғафлатда эдинг. Бас, Биз сендан пардангни (яъни, мана бу Қиёмат Куни ҳақидаги шак-шубҳаларингни) очиб юбордик. Энди бу Кун сенинг кўзинг жуда ўткирдир.
Ey inson, sening boshingga shunday kunlar tushishidan gʻaflatda eding. Balki, oʻlgandan keyin qayta tirilishni inkor qilib yurar eding. Koʻzingni gʻaflat pardasi oʻragan edi. Mana, qiyomat qoim boʻlib, Biz sening pardangni ochdik. Faflat pardasi ketdi, endi koʻzing ravshan boʻlib, hamma narsani koʻrasan, lekin endi kech boʻldi.
Shu payt uning «qoriyni»–guvohlik beruvchi farishtasi kelib kerakli gapni aytdi. Qani, «qoriyni»–«yaqini» nima deydi ekan?