أَلْقِيَا فِى جَهَنَّمَ كُلَّ كَفَّارٍ عَنِيدٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Har bir qaysarni, kofirni jahannamga tashlang!Ҳар бир қайсарни, кофирни жаҳаннамга ташланг!Alauddin Mansour: (Shundan keyin doʻzax xodimlaridan ikki farishtaga aytilur): «Barcha (Haqqa qarshilik qilguvchi) qaysar, (Allohning diniga shak keltirguvchi) kofir-koʻrnamakni jahannamga tashlanglar!(Шундан кейин дўзах ходимларидан икки фариштага айтилур): «Барча (Ҳаққа қаршилик қилгувчи) қайсар, (Аллоҳнинг динига шак келтиргувчи) кофир-кўрнамакни жаҳаннамга ташланглар!
Ushbu uch oyatdagi hukmning ohangi, gunohkorlarga nisbat berilgan sifatlar–«qaysar», «kofir», «yaxshilikni manʼ qiluvchi», «tajovuzkor», «shak keltiruvchi», «Alloh bilan birga boshqani iloh qilib olgan» sifatlarining oʻziyoq oʻshanday qiyin kunda Allohning qanchalik gʻazabi chiqishini bildirib turibdi.
Imom Ahmad ibn Hanbal Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambar alayhissalom: «Jahannamdan bir gardan chiqib gapira boshlaydi. U: «Men bugun uch toifaga vakil qilindim, har bir qaysar–jabr qiluvchiga, Allohga bosh- qa ilohni sherik qilganga va odam oʻldirganga», deydi. Ularni oʻrab olib, jahannamning toʻriga tashlaydi», dedilar.
Bu kabi ulkan dahshat, qiynoq va azobdan hatto shayton ham qoʻrqib ketadi. Hamda oʻzini oqlashga urinib, gapga aralashadi.