مَّنَّاعٍ لِّلْخَيْرِ مُعْتَدٍ مُّرِيبٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yaxshilikni man qiluvchini, tajovuzkorni, shak keltiruvchini.Яхшиликни ман қилувчини, тажовузкорни, шак келтирувчини.Alauddin Mansour: Yaxshilikni manʼ qilguvchi, zoʻravonni (jahannamga tashlanglar!)Яхшиликни манъ қилгувчи, зўравонни (жаҳаннамга ташланглар!)
Ushbu uch oyatdagi hukmning ohangi, gunohkorlarga nisbat berilgan sifatlar–«qaysar», «kofir», «yaxshilikni manʼ qiluvchi», «tajovuzkor», «shak keltiruvchi», «Alloh bilan birga boshqani iloh qilib olgan» sifatlarining oʻziyoq oʻshanday qiyin kunda Allohning qanchalik gʻazabi chiqishini bildirib turibdi.
Imom Ahmad ibn Hanbal Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambar alayhissalom: «Jahannamdan bir gardan chiqib gapira boshlaydi. U: «Men bugun uch toifaga vakil qilindim, har bir qaysar–jabr qiluvchiga, Allohga bosh- qa ilohni sherik qilganga va odam oʻldirganga», deydi. Ularni oʻrab olib, jahannamning toʻriga tashlaydi», dedilar.
Bu kabi ulkan dahshat, qiynoq va azobdan hatto shayton ham qoʻrqib ketadi. Hamda oʻzini oqlashga urinib, gapga aralashadi.