QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Qaf surasi · Oyatсураси · Оят26

ٱلَّذِى جَعَلَ مَعَ ٱللَّهِ إِلَـٰهًا ءَاخَرَ فَأَلْقِيَاهُ فِى ٱلْعَذَابِ ٱلشَّدِيدِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh bilan birga boshqani iloh qilib olganni shiddatli azobga tashlang!Аллоҳ билан бирга бошқани илоҳ қилиб олганни шиддатли азобга ташланг!Alauddin Mansour: (Qay) bir kimsa Alloh bilan birga boshqa bir «iloh» qilib olsa (yaʼni, yolgʻiz Allohga biron narsa yo kimsani sherik qilib olsa), bas, uni qattiq azobga tashlanglar!»(Қай) бир кимса Аллоҳ билан бирга бошқа бир «илоҳ» қилиб олса (яъни, ёлғиз Аллоҳга бирон нарса ё кимсани шерик қилиб олса), бас, уни қаттиқ азобга ташланглар!»

519-sahifa · 26-juz · 52-hizb519-саҳифа · 26-жуз · 52-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱلَّذِىkimкимجَعَلَqilib olganқилиб олганمَعَbilan birgaбилан биргаٱللَّهِAllohАллоҳإِلَـٰهًاilohилоҳءَاخَرَboshqaniбошқаниفَأَلْقِيَاهُbas, uni tashlanglarбас, уни ташлангларفِى-ga-гаٱلْعَذَابِazobазобٱلشَّدِيدِshiddatliшиддатли
TafsirТафсир

Ushbu uch oyatdagi hukmning ohangi, gunohkorlarga nisbat berilgan sifatlar–«qaysar», «kofir», «yaxshilikni manʼ qiluvchi», «tajovuzkor», «shak keltiruvchi», «Alloh bilan birga boshqani iloh qilib olgan» sifatlarining oʻziyoq oʻshanday qiyin kunda Allohning qanchalik gʻazabi chiqishini bildirib turibdi.

Imom Ahmad ibn Hanbal Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambar alayhissalom: «Jahannamdan bir gardan chiqib gapira boshlaydi. U: «Men bugun uch toifaga vakil qilindim, har bir qaysar–jabr qiluvchiga, Allohga bosh- qa ilohni sherik qilganga va odam oʻldirganga», deydi. Ularni oʻrab olib, jahannamning toʻriga tashlaydi», dedilar.

Bu kabi ulkan dahshat, qiynoq va azobdan hatto shayton ham qoʻrqib ketadi. Hamda oʻzini oqlashga urinib, gapga aralashadi.