۞ قَالَ قَرِينُهُۥ رَبَّنَا مَآ أَطْغَيْتُهُۥ وَلَـٰكِن كَانَ فِى ضَلَـٰلٍۭ بَعِيدٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Uning «yaqini»: «Robbimiz, uni men tug`yonga ketkazganim yo`q, lekin uning o`zi uzoq zalolatda bo`ldi», der.Унинг «яқини»: «Роббимиз, уни мен туғёнга кетказганим йўқ, лекин унинг ўзи узоқ залолатда бўлди», дер.Alauddin Mansour: Uning yaqini (boʻlgan shayton): «Parvardigoro, uni men tugʻyonga solganim yoʻq, lekin uning oʻzi (haq yoʻldan) yiroq zalolatda boʻldi», dedi.Унинг яқини (бўлган шайтон): «Парвардигоро, уни мен туғёнга солганим йўқ, лекин унинг ўзи (ҳақ йўлдан) йироқ залолатда бўлди», деди.
Bu oyatdagi «yaqiyni»dan murod–shaytondir. Shayton ham oxiratdagi azob-uqubatdan qoʻrqib ketganidan, kofirdan tonib, men uni igʻvo qilganim yoʻq, deb oʻzini olib qochar ekan.
Shu maqomda Alloh taoloning hal qiluvchi soʻzi yangraydi.