مَا يُبَدَّلُ ٱلْقَوْلُ لَدَىَّ وَمَآ أَنَا۠ بِظَلَّـٰمٍ لِّلْعَبِيدِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Mening huzurimda gap o`zgarmas va Men bandalarga zulm qilguvchi emasman».Менинг ҳузуримда гап ўзгармас ва Мен бандаларга зулм қилгувчи эмасман».Alauddin Mansour: Mening dargohimda (vaʼda qilingan) soʻz oʻzgartirilmas va Men bandalarga zulm qilguvchi ham emasdirman».Менинг даргоҳимда (ваъда қилинган) сўз ўзгартирилмас ва Мен бандаларга зулм қилгувчи ҳам эмасдирман».
Yaʼni, hozir tortishadigan vaqt emas, avvaldan hamma narsa tushunarli qilib aytilgan edi. Har kim qilganiga yarasha jazo yoki mukofot olishi maʼlum edi. Kofir va gunohkorlarga azob vaʼdasi boʻlgandi. Endi oʻsha gap oʻzgarmaydi. Har kim qilganiga yarasha tortadi. Lekin bu zulm emas, ayni adolatdir. Chunki, Alloh taolo bandalariga hech zulm qilmaydi.