يَوْمَ نَقُولُ لِجَهَنَّمَ هَلِ ٱمْتَلَأْتِ وَتَقُولُ هَلْ مِن مَّزِيدٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bugun jahannamga: «To`ldingmi?» desak, u: «Yana qo`shimcha bormi?» der.Бугун жаҳаннамга: «Тўлдингми?» десак, у: «Яна қўшимча борми?» дер.Alauddin Mansour: U Kunda Biz jahannamga «Toʻlib bitdingmi?», dermiz, u esa, «Yana qoʻshimcha bormi?», der.У Кунда Биз жаҳаннамга «Тўлиб битдингми?», дермиз, у эса, «Яна қўшимча борми?», дер.
Yaʼni, qiyomat kuni avvalgi oyatlarda vasf qilingan osiylarni jahannamga tashlab-tashlab turib, unga:
«Toʻldingmi?» desak, u: «Yana qoʻshimcha bormi?» der».
Yoʻq, toʻlmadim, yana qancha boʻlsa, mayli, tashlanaversin, joy koʻp, deydi.
Bu haqida imom Buxoriy Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom: «Jahannamga har gal doʻzaxiylar tashlanganda, u, yana qoʻshimcha bormi, deydi. Toki, Alloh unga oyogʻini qoʻygandagina, «Tugadi», deydi», deb aytganlar.
Shu yerda jahannamga tegishli dahshatga toʻla vasflar tugab, kelasi oyatdan tenglik, omonlik, xayr va quvonch toʻla jannat vasfi boshlanadi.